Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to„lash tartibi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to„lash tartibi.  
Yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart hisoblanadi: 
1) soliq davri tugaganidan so‗ng o‗ttiz kun ichida davlat soliq xizmati 
organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‗g‗risida (asosiy ish joyi 
bo‗yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslardan tashqari) belgilangan shaklda 
ma‗lumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi: 
- soliq to‗lovchining – jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami
- soliq to‗lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi 
manzili; 
- o‗tgan soliq davri yakunlari bo‗yicha daromadlarning umumiy summasi 
va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining ushlab qolingan 
umumiy summasi; 
- soliq agentining identifikatsiya raqami; 
- soliq agentining nomi, joylashgan eri (pochta manzili);
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga 
qadar, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida 
davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda to‗langan daromadlar 
summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining ushlab 
qolingan summalari to‗g‗risidagi ma‗lumotlarni belgilangan shaklda taqdim 
etishi shart. 
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‗lov manbaida 
ushlab qolinganda soliq jamg‗arib boriladigan tizimda qatnashuvchi 
fuqarolarning shaxsiy jamg‗arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga 
belgilangan tartibda hisoblab yozilgan badallar chegirilgan holda quyidagi 
muddatlarda to‗lanadi:
a) daromad to‗lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq 
summasi shu maqsadlarda pul mablag‗lari olish uchun bankka hujjatlar taqdim 
etish bilan bir vaqtda byudjetga o‗tkaziladi; 
b) to‗lovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar 
bajarish yoxud xizmat ko‗rsatishdan tushgan tushumdan to‗lovchi yuridik 
shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi to‗lov amalga oshirilgan oy 
tugaganidan keyin besh kun ichida byudjetga o‗tkaziladi. 
Bankda hisobraqamiga ega bo‗lgan yuridik shaxslar tomonidan jismoniy 
shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‗lash sanasi soliq to‗lovchi 
hisobraqamidan mablag‗lar hisobdan chiqarilgan kun, boshqalar, shu jumladan 
jismoniy shaxslar uchun esa - mablag‗lar kredit muassasasining kassasiga 
o‗tkazilgan kun hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning hisob-kitob varag‗idan soliq 


80 
summasi jismoniy shaxs tomonidan to‗langanda, to‗lov sanasi jismoniy shaxs 
hisobraqamidagi mablag‗lar hisobdan chiqarilgan kun hisoblanadi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqarilgan jismoniy 
shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‗lash to‗lov xabarnomasida 
ko‗rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Jismoniy shaxslarning 
daromadiga solinadigan soliqning yil mobaynida to‗lab borilgan summalari 
tegishli hisobot yili uchun soliq to‗lovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga 
o‗tkaziladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling