Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
birinchidan, qo‗shilgan qiymat solig‗i dunyoda birinchi marta Evropa davlati
bo‗lgan Frantsiyada joriy etildi; ikkinchidan, 1977 yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‗shilgan qiymat solig‗i bir vaqtning o‗zida Evropaning bir necha davlatlarida joriy etildi; uchinchidan, qo‗shilgan qiymat solig‗i G‗arbiy Evropadagi integratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‗ynadi. Hozirgi vaqtda qo‗shilgan qiymat solig‗i Evropa Ittifoqiga a‗zo bo‗lgan mamlakatlarning davlat byudjetlarining daromadlarini shakllantirishda muhim o‗rin egallaydi. Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, 84 Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‗i 40 foizdan yuqori bo‗lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‗rsatkich 50 foizdan yuqori bo‗lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‗rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi. Evropa Ittifoqiga a‗zo bo‗lgan mamlakatlarda soliq tushumlarining tarkibida egri soliqlarni yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy sabablaridan biri, bu mamlakatlarda soliq stavkalarini umumlashtirilganligi va soliqqa tortish bazasini o‗zaro uyg‗unlashtirilganligi hisoblanadi. Bu masalaning O‗zbekiston Respublikasi uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligi shundaki, mamlakatimiz tovaroborotining sezilarli qismi Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Qozog‗iston Respublikalariga to‗g‗ri keladi. Hozirga qadar mazkur mamlakatlar o‗rtasida qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkalarini umumlashtirish va soliqqa tortish bazasini uyg‗unlashtirish masalasi hal qilinmagan. Bu esa, ushbu mamlakatlar o‗rtasidagi o‗zaro tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishga to‗sqinlik qiladi. O‗zbekiston soliq tizimida qo‗shilgan qiymat solig‗i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliqlar o‗rniga aktsiz solig‗i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‗idan farqli ravishda faqat qo‗shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‗i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo‗shilgan qiymat solig‗i esa ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi. O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbai sifatida qo‗shilgan qiymat solig‗i hozirga qadar o‗zining muhim o‗rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Masalan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-sonli ―O‗zbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖ gi qaroriga ko‗ra 2009 yilda qo‗shilgan qiymat solig‗ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‗i 29 foizni, egri soliqlar tarkibida esa 57 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan. Ushbu ko‗rsatkichlar qo‗shilgan qiymat solig‗ini byudjet daromadlarining asosiy manbai ekanligini bildiradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling