Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo„shilgan qiymat solig„idan
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo„shilgan qiymat solig„idan ozod etilgan sug„urta xizmatlari bo„lib quyidagilar hisoblanadi
Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo„shilgan qiymat solig„idan
ozod etilgan: to‗lovlar, o‗tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‗lov vositalari bilan bog‗liq operatsiyalar, inkasso bo‗yicha operatsiyalar; milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog‗liq operatsiyalar; qimmatli qog‗ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‗ozlar) bilan bog‗liq operatsiyalar; akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‗rsatish; pul mablag‗larini konvertatsiya qilish bo‗yicha operatsiyalar; chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish; kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash); forfeyting va faktoring operatsiyalari; lombard operatsiyalari (garovga qo‗yilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish); 92 jamg‗arib boriladigan pensiya tizimi mablag‗larining oboroti. va boshqa oborotlar. Qo„shilgan qiymat solig„idan ozod etilgan sug„urta xizmatlari bo„lib quyidagilar hisoblanadi: 1) sug‗urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilinadi: a) sug‗urta qilish, birgalikda sug‗urta qilish va qayta sug‗urta qilish shartnomalari bo‗yicha sug‗urta mukofotlari; b) qayta sug‗urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‗yicha vositachilik haqi va tantemalar; v) sug‗urta agenti, sug‗urta va qayta sug‗urta brokeri, syurveyer hamda sug‗urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi; g) qayta sug‗urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‗yicha sug‗urta to‗lovlari ulushining qayta sug‗urtalovchilar tomonidan to‗lanadigan to‗lovini; d) sug‗urta qilish, birgalikda sug‗urta qilish va qayta sug‗urta qilish shartnomalari bo‗yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish bo‗yicha daromadlar; e) sug‗urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‗rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar; j) qayta sug‗urta qilish shartnomalari bo‗yicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda qayta sug‗urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‗urtalovchiga o‗tkazilgan foizlar; z) hayotni sug‗urta qilish shartnomalari bo‗yicha sug‗urta qildiruvchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar; i) sug‗urtalovchining (qayta sug‗urtalovchining) investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar, shu jumladan sug‗urta rezervlari va sug‗urta fondlari mablag‗larini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar; k) sug‗urta qilish, birgalikda sug‗urta qilish va qayta sug‗urta qilish shartnomalari bo‗yicha franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar; l) qonun hujjatlariga muvofiq sug‗urtalovchiga o‗tgan, sug‗urta qildiruvchining (naf oluvchining) etkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar; m) qayta sug‗urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bo‗yicha sug‗urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari; n) bevosita sug‗urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar; 2) sug‗urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilinadi: a) sug‗urta to‗lovi (sug‗urta tovoni); b) preventiv tadbirlar o‗tkazish uchun beriladigan mablag‗lar; 93 v) sug‗urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‗urtalovchi to‗laydigan mablag‗lar; g) sug‗urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‗lar. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling