Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo„shilgan qiymat solig„ini byudjetga to„lash va hisob-kitoblarni taq- dim etish muddatlari. Hisobvaraq faktura va uni to„ldirish tartibi
96 5-jadval Qo„shilgan qiymat solig„ini hisoblashning 1999 yildan joriy etilgan usulining taqqoslama tahlili (raqamlar shartli) № Ko„rsatkichlar 1999 yilga qadar 1999 yildan keyin Oborot qo„shilgan qiymat solig„i oborot qo„shilgan qiymat solig„i 1. Hisobot davrida sotib olingan xom-ashyo, materiallar 100 20 100 20 2. Ishlab chiqarishga ishlatilgan xom- ashyo, materiallar 50 10 50 10 3. Tovarlar (ish va xizmatlar)ni sotish oboroti, ya‗ni soliqqa tortiladigan oborot 200 40 200 40 4. Byudjetga hisoblangan soliq summasi X 30 (40-10) X 20 (40-20) Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi korxonalarning oborot mablag‗larini chetlanishini keskin kamaytiradi. Qo„shilgan qiymat solig„ini byudjetga to„lash va hisob-kitoblarni taq- dim etish muddatlari. Hisobvaraq faktura va uni to„ldirish tartibi Qo‗shilgan qiymat solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblarni (5-ilova) korxona ortib boruvchi yakun bilan ro‗yxatdan o‗tgan joyidagi Davlat soliq idoralariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan va yil yakunlari bo‗yicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida qo‗shilgan qiymat solig‗ini to‗lovchilari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy hiobot topshirilgan muddatda taqdim etadi. Soliq to‗lovchilar qo‗shilgan qiymat solig‗ining hisob-kitoblari bilan bir vaqtda hisobot davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‗yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilanadi. Hisobotlarni o‗z vaqtida topshirmaslik korxona va korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan Davlat soliq idoralari tomonidan moliyaviy va ma‗muriy jazo – choralarini qo‗llanishiga olib keladi. Korxonalar qo‗shilgan qiymat solig‗ini soliq hisobini topshirgan kundan kechiktirmay tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to‗laydi. Agar korxona hisoblangan soliq summasini byudjetga o‗z vaqtida o‗tkazib 97 bermasa, bunday holatda Davlat soliq idoralari mas‘ul xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‗llanilishiga olib keladi. Bunda korxona rahbariyatiga nisbatan ma‗muriy chora qo‗llanilmaydi. 1998 yil 1 yanvardan O‗zbekistondagi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi o‗rnatilgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod bo‗lgan korxonalar ham tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar ko‗rsatganda hisobvaraq fakturani to‗ldirishi qonun asosida shart qilib belgilandi. Hisobvaraq-faktura mahsulot etkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yuklab jo‗natilishi, ish va xizmatlar ko‗rsatilishi sanasi (kuni)dan kechiktirmasdan yoziladi. Hisobvaraq-fakturada - uning tartib raqami va yozilgan sanasi, jo‗natiladigan tovarlar bo‗yicha shartnomalar raqami va sanasi hamda soliq to‗lovchi va xaridorning nomi, manzili STIRi va shu kabi rekvizitlari ko‗rsatiladi. Jadvalli shaklni to‗ldirishda quyidagilarni qayd etish kerak (6-ilova): 1-ustunda, tovarlar (ish va xizmatlar) nomi; 2-ustunda tovarlarning o‗lchov birligi (dona, metr, kg, va xokazo); 3-ustunda yuklab jo‗natiladigan tovarlarning miqdori yoki soni; 4-ustunda tovarlarning shartnoma bo‗yicha qo‗shilgan qiymat solig‗isiz narxi; 5-ustunda tovarlarning jami etkazib berish qiymati (qo‗shilgan qiymat solig‗isiz); 6-ustunda qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkasi, agar qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod bo‗lsa chiziqcha tortib qo‗yiladi; 7-ustunda jo‗natilayotgan tovarlar bo‗yicha tegishli stavkalarga ko‗ra hisoblangan qo‗shilgan qiymat solig‗i summasi; 8-ustunda, jo‗natilayotgan tovarlarning qo‗shilgan qiymat solig‗i bilan hisoblangan summasi. Soliq kodeksiga ko‗ra qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchisi bo‗lmagan, shuningdek qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lashdan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar 6- va 7- ustunga ―Qo‗shilgan qiymat solig‗i summasiz‖ degan shtampini qo‗yishadi, agar shtamp bo‗lmasa qo‗lda yozib qo‗yishadi va 8 ustunni to‗ldirishmaydi. Agarda korxona aktsiz osti tovarlar ishlab chiqarsa unda hisobvaraq- fakturaga qo‗shimcha ustunlar kiritiladi va ushbu ustunlarda aktsiz stavkasi va summasi aks ettiriladi (chunki aktsiz summasi ham qo‗shilgan qiymat solig‗iga tortiladi). Hisobvaraq-faktura korxona rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. Hisobvaraq-faktura etkazib beruvchi korxona tomonidan 2 nusxada to‗ldiriladi, 1-nusxasi xaridorga beriladi va u xaridorga qo‗shilgan qiymat solig‗i 98 summasini belgilangan tartibda hisobga kiritish uchun huquq beradi, 2-nusxasi esa korxonaning o‗zida qoladi. Ta‗kidlash joizki, bevosita aholiga pullik xizmatlar (ishlar)ni ko‗rsatadigan korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda kassa cheki yoki xizmatlar ko‗rsatilishi (ishlar bajarilishi)ni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Bunda bu hujjatlarda qo‗shilgan qiymat solig‗i ajralib turishi lozim. O‗z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz etkazib beradigan korxonalar bo‗yicha hisobvaraq-fakturalar iste‗molchilarga hisobvaraqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir oyda bir martadan kam bo‗lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-fakturalarning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga oshiriladi. Banklar uchun, qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilingan operatsiyalar bajarilganda, hisobvaraq-faktura bo‗lib mijoz shaxsiy hisobvarag‗idan ko‗chirma hisoblanadi. Lizing operatsiyalari bo‗yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-faktura bo‗lib lizing ob‗ektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi hisoblanadigan lizing to‗lovlari jadvali; hisobvaraq; lizing to‗lovlarini to‗lash bo‗yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va hokazo) bilan rasmiylashtiriladigan har bir lizing to‗loviga qo‗shimcha hisobvaraq-faktura yozilmaydi. Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo‗shilgan qiymat solig‗i solinadigan qo‗shimcha xizmatlar ko‗rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi. Qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilingan sug‗urta xizmatlarini ko‗rsatishda, hisobvaraq-faktura o‗rniga birlamchi hujjat bo‗lib quyidagi hujjatlar: - sug‗urta korxonalari uchun - sug‗urta polisi; - sug‗urta agentlari uchun - sug‗urta polisi va shartnoma topshirig‗i (agentlik bitimi); - sug‗urta brokerlari uchun - sug‗urta polisi va shartnoma topshirig‗i hisoblanadi. Qo‗shilgan qiymat solig‗i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yo‗lda tashishlar, bank operatsiyalari, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz etkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‗lovchilar hisobot davrining oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi. Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‗g‗risidagi ma‗lumotnoma - hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchilari uchun qo‗shilgan qiymat solig‗i summasi ko‗rsatilgan yoki qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchisi bo‗lmaganlar uchun "Qo‗shilgan qiymat solig‗isiz" yozuvi (shtampi) qo‗yilgan holda mavjud bo‗lsa, 99 bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo‗shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling