Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Aktsiz solig„i to„lovchilar. Soliq ob„ekti va bazasi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Aktsiz solig„i to„lovchilar. Soliq ob„ekti va bazasi 
Aktsiz solig‗ini to‗lovchilari bo‗lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning 
qanday tartibi o‗rnatilganligidan qat‗iy nazar aktsizosti tovarlarni ishlab 
chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. 
Bundan tashqari, oddiy shirkat aktsiz to‗lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda 
oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga 
yuklatilgan sherigi aktsiz solig‗ini to‗lovchi bo‗lib hisoblanadi.
Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‗jalik 
yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‗lgan va o‗z majburiyatlari 
bo‗yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va 
hisob-kitob varag‗iga ega bo‗lgan alohida korxonalar tushuniladi. 
Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‗ra quyidagi operatsiyalar aktsiz 
solig‗i solinadigan ob‗ekt hisoblanadi: 
1) aktsiz to‗lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: 
tovarni sotish (jo‗natish); 
garov bilan ta‗minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga 
qo‗yilgan aktsiz to‗lanadigan tovarlarni garovga qo‗yuvchi tomonidan 
topshirish; 
aktsiz to‗lanadigan tovarlarni bepul topshirish; 
aktsiz to‗lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga 
yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki 
hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) 
topshirish; 
aktsiz to‗lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
2) aktsiz to‗lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi 
bo‗yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
3) aktsiz to‗lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga 
(muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki 
yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati 
bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab 
chiqarilgan aktsiz to‗lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga 
(ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-
mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda 
topshirish;


104 
4) aktsiz to‗lanadigan tovarlarni ulush qo‗shish asosida qayta ishlashga 
topshirish, shuningdek ulush qo‗shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu 
jumladan aktsiz to‗lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli 
bo‗lgan aktsiz to‗lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta 
ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; 
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to‗lanadigan
tovarlarni o‗z ehtiyojlari uchun topshirish; 
6) aktsiz to‗lanadigan tovarlarni O‗zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga import qilish. 
Tekinga beriladigan aktsizlanadigan mahsulot bo‘yicha quyidagilar soliq 
solish ob‘ekti bo‘lib hisoblanadi
-aktsiz solig‗ining qat‗iy stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki 
mahsulotlari, o‗simlik (paxta) yog‗i, etil spirti, pivo, vino bo‗yicha - sotilgan 
mahsulot hajmi natura ifodasida;
-boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo‗yicha soliq to‗lovchida tovarni 
berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan, biroq 
mazkur aktsizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo‗yicha haqiqatda shakllangan 
xarajatlardan past bo‗lmagan qiymat. 
Quyidagi aktsizosti tovarlarga aktsiz solig‗i solinmaydi: 
1) aktsiz to‗lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari 
tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to‗lanadigan 
tovarlarning ayrim turlari mustasno; 
2) keyinchalik O‗zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib 
chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga 
joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‗lgan 
aktsiz to‗lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki avariyalar yuz 
berganda yordam ko‗rsatish uchun, insonparvarlik yordami va beg‗araz texnik 
ko‗mak sifatida, shuningdek xayriya maqsadlari uchun aktsiz to‗lanadigan 
tovarlarni 
davlatlar, 
hukumatlar, 
xalqaro 
tashkilotlar 
tomonidan
O‗zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga; 
4) aktsiz to‗lanadigan tovarlarni O‗zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga aktsiz solig‗i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida 
jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga; 
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‗i mavjud bo‗lgan taqdirda, 
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik 
vositalarini sertifikatlashtirish bo‗yicha maxsus organ tomonidan olinadigan 
tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga. 
Aktsizlanadigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 

aktsiz solig‗ining qat‗iy stavkalari belgilangan tamaki mahsulotlari, 
o‗simlik (paxta) yog‗i, etil spirti, pivo, kon‘yak, aroq va boshqa alkogolli aroq 
mahsulotlari, filtrli va filtrsiz sigaretalar, neft mahsulotlari (benzin, dizel 


105 
yoqilg‗isi va aviakerosin) bo‗yicha - sotilgan mahsulotning natural 
ko‗rinishidagi xajmi;

aktsiz solig‗i to‗lanadigan boshqa mahsulotlar (zargarlik buyumlari, 
kumushdan qilingan oshxona buyumlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, ―GM 
Uzbekistan‖ aktsionerlik jamiyati avtomobillari) bo‗yicha qo‗shilgan qiymat 
solig‗i va aktsiz solig‗i hisobga olmagan holda, shartnomaviy narxlar bo‗yicha 
yuklab jo‗natilgan tovarning qiymatiga foiz hisobida.
Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan mahsulotga aktsiz 
solig‘ini hisoblash chog‘ida aktsiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir 
aylanma quyidagicha belgilanadi
-aktsiz solig‗ining qat‗iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‗yicha tayyor 
mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib; 
-boshqa mahsulotlar bo‗yicha tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga doir 
ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom-ashyo qiymatidan 
kelib chiqib. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling