Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Aktsiz solig„ini to„lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
Aktsiz solig„ini to„lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi,
muddatlari To‗lovchilar tomonidan sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aktsiz solig‗i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‗lanadi: - joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay - joriy oyning birinchi o‗n kunligi uchun; - joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay - joriy oyning ikkinchi o‗n kunligi uchun; - keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay - hisobot oyining qolgan kunlari uchun. Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‗rsatilgan mahsulot yuklab jo‗natilgan kun sotish kuni bo‗lib hisoblanadi. O‗n kunlik to‗lovlar bo‗yicha aktsiz solig‗ining kelib tushgan summasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‗lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni ―Hisoblab yozish‖ va ―To‗lash‖ ustunlarida aks ettiriladi. Aktsiz solig‗i bo‗yicha hisob-kitob ro‗yxatdan o‗tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi: korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) - hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan har oyda, belgilangan shaklda, unga soliq solinmaydigan aylanmalar summalari rasshifrovkasi ilova qilingan holda; mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - birinchi chorak, yarim yillik va 9 oy yakunlari bo‗yicha, o‗n kunliklarga taqsimlagan holda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan, yil yakunlari bo‗yicha esa belgilangan shaklda, yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida. Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‗g‗ri keladigan aktsiz solig‗ini to‗lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‗chiriladi. Hisobot davri mobaynida o‗n kunlik to‗lovlar bilan kiritilgan aktsiz solig‗i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‗yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak. 109 Ortiqcha kiritilgan aktsiz solig‗i summalari bo‗lg‗usi to‗lovlar hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab Davlat soliq xizmati organi tomonidan 30 kun ichida to‗lovchiga qaytariladi (agar byudjetga boshqa soliq turlari bo‗yicha qarz mavjud bo‗lmasa). Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling