Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Aktsiz markalari 
Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarilishi, import 
qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini o‗rnatish, 
shuningdek aktsiz solig‗i to‗liq undirilishi, ko‗rsatilgan tovarlarni yashirincha 
ishlab chiqarish yoki O‗zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini 
olish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 
avgustdagi 285-son ―O‗zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va 
alkogolli ichimliklarga aktsiz markalarini joriy etish tartibi to‗g‗risida‖gi 
qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab O‗zbekiston Respublikasida 
ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va 
alkogolli 
ichimliklarni, 
pivodan 
tashqari, 
majburiy 
tarzda 
belgilangan 
namunadagi aktsiz markalari bilan markalash joriy etildi va ularni aktsiz 
markalarini yopishtirmasdan O‗zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, 
tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta‗qiqlandi. 
Aktsiz tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar respublika byudjetiga 
nominal qiymati bo‗yicha buyurtma berilayotgan aktsiz markalari miqdorining


111 
butun summasini to‗lagach, davlat soliq inspektsiyalariga turlari bo‗yicha aktsiz 
markalarining zarur miqdorini xarid qilishga buyurtmanoma topshiradilar. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq 
boshqarmalari soliq inspektsiyalarining aktsiz markalariga doir kelib tushgan 
buyurtmanomalarini hudud bo‗yicha umumlashtiradilar va qonunchilikda 
belgilangan tartibda Davlat soliq qo‗mitasiga taqdim etadilar, bunda ishlab 
chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda aktsiz markalarining nominal 
qiymatini to‗plashganini tasdiqlaydilar. Kelayotgan yilga buyurtmanoma 
umuman yil bo‗yicha, choraklarga taqsimlagan holda beriladi. Aktsiz 
markalarini bosish uchun buyurtmanomani ―Davlat belgisi‖ Davlat ishlab-
chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‗zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‗mitasi amalga oshiradi. 
Importchilar, shu jumladan aktsiz tovarlarini O‗zbekiston Respublikasiga 
olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‗mitasining 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy 
organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, 
yuqorida keltirilgan tartibga o‗xshab, aktsiz tovarlari uchun aktsiz markalariga 
yig‗ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona 
qo‗mitasiga taqdim etadilar. 
Davlat 
soliq 
inspektsiyalari 
va 
Davlat 
bojxona qo‗mitasining 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy 
organlari aktsiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu 
markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq 
Paxtabankning mintaqaviy bo‗linmalari orqali amalga oshiradilar. 
Paxtabankning mintaqaviy bo‗linmalari aktsiz markalarini: 

tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab 
chiqaruvchilariga – aktsiz markalarining nominal qiymati to‗langanidan keyin; 

tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal 
qiymati bo‗yicha aktsiz markalari to‗liq to‗langanidan va aktsiz solig‗i to‗liq 
hajmda to‗langanidan keyin beradilar. 
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‗yicha xarid 
qiladigan aktsiz markalari uchun pul mablag‗lari respublika byudjetiga kiritiladi 
va aktsiz solig‗ini to‗lash chog‗ida aktsiz markalarining qiymati hisobiga 
olinmaydi. 
Aktsiz markalarining nominal qiymatini O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi ―Davlat belgisi‖ DIChB hisob-kitoblari bo‗yicha tasdiqlaydi. 
―Davlat belgisi‖ DIChBning aktsiz markalarini ishlab chiqarishga doir 
xarajatlarini O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika byudjeti 
mablag‗lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida qoplaydi. 
Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan: 

respublika hududiga bojsiz savdo do‗konlari uchun olib kelinadigan; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‗lganda 
ko‗rgazmalar o‗tkazish uchun olib kelinadigan; 


112 

O‗zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‗yicha olib 
kelinadigan va olib chiqish uchun mo‗ljallangan; 

Jismoniy shaxslar tomonidan O‗zbekiston Respublikasi hududiga 
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan aktsizsiz olib kelish 
me‗yorlari doirasida olib kelinadigan (jo‗natiladigan) aktsizosti tovarlari 
majburiy tarzda markalanmaydi. 
Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan pivo 
O‗zbekiston Respublikasining aktsiz markalari bilan markalanmaydi. 
Respublikaga ko‗rgazmalar o‗tkazish uchun olib kelingan aktsiz tovarlari, 
ular ko‗rgazmalar yakunlanganidan keyin O‗zbekiston Respublikasi hududida 
sotilgan taqdirda, O‗zbekiston Respublikasi aktsiz markalari bilan majburiy 
tarzda markalanishi kerak va ular bo‗yicha umumiy belgilangan tartibda aktsiz 
solig‗i to‗lanadi. 
Aktsiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aktsiz 
tovarlarining turlariga bog‗liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan 
markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‗linadi: 
- IM – mahsulot O‗zbekiston Republikasi hududiga import bo‗yicha olib 
kelingan; 
- O‗Z – mahsulot O‗zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan; 
- 98 – dastlabki ikki belgi – aktsiz markasi bosib chiqarilgan yil; 
- 01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi 
korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli 
ichimlik bo‗yicha beriladigan kod raqamlari; 
- 4 raqam belgisi aktsiz markalarida tamaki mahsulotini bildiradi; 
- 5 raqam belgisi aktsiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi; 
- 98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‗zbekiston Respublikasi hududiga 
aktsiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi; 
- 99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aktsiz tovarlari 
anglatadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling