Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Mavzuga doir masalalar: 
1-masala. Quyidagi ma‗lumotlarga asosan aktsiz solig‘ini hisoblang (ming 
so‗m). 
1. Korxonaning hisobli bahosi – 2200 
2. Mahsulot uchun belgilangan soliq stavkasi – 25 %. 
Echilishi: 
Aktsiz solig‗i quyidagicha aniqlanadi: 
As = O x A / 100 = (2200 x 25) / 100 = 550 ming so‗m 
yoki 
As = 2750 – 2200 = 550 ming so‗m 
Nazorat savollari: 
1. Aktsiz solig‗i qachon joriy etildi? 
2. Aktsiz solig‗i ob‗ekti nimalardan iborat? 
3. Aktsiz solig‗ining bazasi qanday aniqlanadi? 
4. Aktsiz solig‗ini to‗lashdan kimlar ozod etilgan? 


113 
5. Aktsiz solig‗i stavkalari va aktsizosti tovarlar ro‗yxati kim tomonidan 
belgilanadi? 
6. Aktsiz markalari nima va u qachon joriy etilgan? 
7. Qanday holatda aktsizga tortiladigan tovarlar markalanmaydi? 
8. Markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma qaysi bank orqali amalga 
oshiriladi? 
Mavzu bo‟yicha asosiy xulosalar: 
Qo‗shilgan qiymat o‗zining iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra, sotilgan 
mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‗rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab 
chiqarish jarayonida iste‗mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning 
qiymati o‗rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va 
keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‗lum bir tovar bozorga olib 
chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta 
bosqichlardan o‗tadi, bu bosqichlarning har birida qo‗shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‗shilgan qiymat solig‗ini davlat byudjetining daromad qismiga jalb qilish 
g‗oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta 
Germaniya byudjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens 
ilgari surdi. 
Qo‗shilgan qiymat solig‗ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi 
birinchi marta frantsuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi.
O‗zbekiston soliq tizimida qo‗shilgan qiymat solig‗i 1992 yildan buyon 
amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan 
soliqlar o‗rniga aktsiz solig‗i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot 
solig‗idan farqli ravishda faqat qo‗shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‗i 
esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo‗shilgan qiymat solig‗i esa 
ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi. 
Aktsiz solig‗ini davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish 
tendentsiyaga ega. 
Aktsiz solig‗ini to‗lovchilari bo‗lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning 
qanday tartibi o‗rnatilganligidan qat‗iy nazar aktsizosti tovarlarni ishlab 
chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling