Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar : Mol-mulk, asosiy fondlar, 
tushum, mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, asosiy vositalar, 
nomoddiy aktivlar. 
Mavzuda ko‟rib chiqiladigan muammolar: 
1. Mol-mulk solig‘ini davlat byudjet daromadlarida tutgan o‘rni haqida. Siz 
qanday fikrdasiz? 
2. Mol-mulk solig‘ini yuridik va jismoniy shaxslarda alohida hisoblash. Buni 
qanday izohlaysiz? 
3. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha ham soliq imtiyozlar qo‘llaniladi. Siz qanday 
fikr bildirasiz? 
1-savol bo‟yicha dars maqsadi: Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk 
solig‘ining iqtisodiy mohiyati va soliqni hisoblash tartibi, muddatlarini aniqlab, 
tushuntirib berish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
1.1. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini tushuntira oladi. 
1.2. Mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilarini izohlay oladi. 
1.3.Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqara 
oladi. 
1-asosiy savol bayoni: 
O„zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig„ining joriy 
etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. O‗zbekistonda korxonalar faoliyatini 
soliqqa tortish yo‗lidagi muhim qadamlardan biri korxonalarning mol-mulkiga 
solinadigan soliqning joriy qilinishi bo‗ldi. Mol-mulk solig‗i dastlab, 
O‗zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ―Korxonalar, 
birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‗g‗risida‖ gi Qonuniga 


116 
asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga 
to‗lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi. Hozirgi 
vaqtda ushbu soliqning huquqiy asosi bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksi, ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖ gi qonuni, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda boshqa soliq qonunchiligi bilan bog‗liq 
bo‗lgan me‗yoriy xujjatlar hisoblanadi. O‗zbekiston soliq tizimida yuridik 
shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗i to‗g‗ri soliqlar tarkibiga kiradi va 
mohiyatiga ko‗ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan 
belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo‗yicha tushumlar summasi to‗liq 
mahalliy byudjetlarga tushadi va u byudjetning barqaror daromad manbalaridan 
biri hisoblanadi.
Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‗ini joriy qilishdan ko‗zlangan 
maqsad birinchidan, korxonalar o‗zlarining xo‗jalik faoliyatini yuritishda 
ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‗otish 
bo‗lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni 
rag‗batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma‗naviy va jismoniy 
tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg‗or texnologiya-uskunalar bilan 
yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va 
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi. Xo‗jalik yurituvchi 
sub‗ektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to‗lashga majbur qilish uni 
ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, 
o‗z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot 
tannarxini pasaytirishga hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish 
imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mol-mulk solig‗i daromad va mulk 
taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗ining davlat byudjeti 
daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas. Hozirgi vaqtda ushbu 
soliqning tushumi O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqli 
daromadlarida 2,3 – 4,5 foiz oralig‗ini tashkil etmoqda.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling