Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Mol-mulk solig„i stavkalari, soliqdan imtiyozlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-jadval Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig„i stavkalari 19 T/r To„lovchilar
Mol-mulk solig„i stavkalari, soliqdan imtiyozlar.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗ining stavkalari har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risidagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2011 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗i stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilangan. 9-jadval Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig„i stavkalari 19 T/r To„lovchilar Soliq solinadigan bazaga nisbatan %larda soliq stavkasi 1. Yuridik shaxslar 3,5 2. O‗zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi hissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun (O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 12 oktyabrdagi PF-1871 soni farmoni bilan tasdiqlangan xom-ashyo tovarlari ro‗yxatidagilar bundan istisno): sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi Izoh: Me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar miqdorda to‘lanadi. Eksport mahsulot ishlab chiqaradigan va uni mustaqil ravishda sotadigan yoki ixtisoslashgan tashqi savdo birlashmalari va firmalari orqali sotadigan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo‗linmalari hisoblangan korxonalar uchun sotishning umumiy xajmida o‗zi ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmatlar) ning eksportdagi ulushiga bog‗liq holda mol-mulk solig‗ining tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan. Mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyoz savdo- vositachi korxonalarga, shuningdek, erkin almashtiriladigan valyutaga xom- ashyo tovarlari – paxta tolasi, ip gazlama, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz 19 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qarori 120 kondentsati, rangli va qora metallarni eksport qiladigan ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq etilmaydi. Soliq stavkasi mol-mulkning qayta baholash natijasidagi qoldiq narxiga qo‗llaniladi. Qayta baholash maqsadida korxonalarning asosiy vositalari deganda quyidagilar tushuniladi: - o‗zining asosiy vositalari; - o‗rnatiladigan uskunalar; - tugallanmagan qurilish ob‗ektlari; - uzoq muddatga ijaraga olinadigan, shu jumladan uzoq muddatli lizing bo‗yicha olingan asosiy vositalar. Asosiy vositalar qiymati har yili 1 fevralga qadar asosiy vositalarning 1 yanvar holatiga qarab qayta baholanadi. Qayta baholash chog‗ida korxona mutaxassis ekspertlarini jalb qiladi. Yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob‗ektlarining qiymati qayta baholanmaydi. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra quyidagi yuridik shaxslarning mol- mulkiga soliq solinmaydi: a) notijorat tashkilotlarning mol-mulkiga (tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan mol-mulkdan tashqari). Soliqqa tortish maqsadida notijorat tashkilotlar deganda quyidagilar tushuniladi: faqat davlat byudjeti mablag‗lari hisobiga moliyalanadigan, tasdiqlangan smetalar doirasida xarajatlarni qoplashga byudjetdan dotatsiyalar oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar; xayriya birlashmalar, uyushmalar va jamg‗armalar, xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar: 1) ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlar uchun barpo etilgan, tadbirkorlik faoliyati uchun daromad olishni ko‗zlamasligi ta‗sis hujjatlarida qayd etilganlari; 2) moliyaviy va boshqa mablag‗larni mazkur tashkilotning xodimlari, muassislari yoki a‗zolarining shaxsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va investitsiyalamaydiganlari (mehnat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdirlashlardan tashqari); b) xalq ta‗limi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mol-mulkka; v) uy-joy-kommunal xo‗jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‗jaligining mol-mulkiga. g) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‗armasi va "O‗zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulkida bo‗lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga; d) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, ro‗yxatdan o‗tgan paytidan e‗tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‗linmalarining ishlab 121 chiqarish quvvatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan bo‗lsalar, qo‗llanilmaydi; O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan (o‗z hududida mol-mulk joylashgan soliq to‗lovchilarga nisbatan) yuridik shaxslarga qo‗shimcha imtiyozlar berilishi ham mumkin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling