Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Mol-mulk solig‘i hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza 
quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi: 
 soliq to‗lovchining balansida bo‗lgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-
madaniy soha ob‗ektlarining; 
 tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yong‗inga 
qarshi xavfsizlik uchun foydalaniladigan ob‗ektlarning; 
 mahsulot o‗tkazgichlar, aloqa yo‗llari (shu jumladan avtomobil yo‗llari), 
aloqa va energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga 
yaroqli holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarning. 
Mahsulot o‗tkazgichlarga quyidagilar kiradi:
- neft, neft mahsulotlari, kondensat quvurlari va quvur transportining boshqa 
turlari, nasos, kompressor hamda taqsimlash stantsiyalari bilan birga;
- uy-joy-kommunal ob‗ektlari bo‗lmagan mintaqaviy gaz, bug‗ quvurlari, 
issiqlik trassalari, suv quvurlari, kanalizatsiya kollektorlari;
- buxgalteriya hisobotida alohida ob‗ektlar sifatida hisobga olinadigan 
alohida joylashgan tsexlar, konlar va karerlarning ayrim uchastkalari orasidagi 
mahsulotlarni harakatlantirish uchun ishlatiladigan yer osti, yer usti va havoda 
joylashtirilgan har xil ko‗rinishdagi quvurlar va transportyorlar.
Aloqa liniyalariga havo aloqa liniyalari, ularga ilib qo‗yilgan simlar va 
aloqa kabellari, ustunli radiofikatsiya aloqa liniyalari, ularni belgilaydigan signal 
va o‗lchov ustunlari (qoziqlari), radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon 
kanalizatsiyasi, er usti va er ostidagi ularga xizmat qilinmaydigan kuchaytirish 
punktlari, taqsimlovchi shkaflar, qutilar, erga ulangan sim konturlari va boshqa 
aloqa inshootlari kiradi.
Energiya uzatish liniyalariga havo va kabelli elektr uzatish liniyalari kiradi.
Soliq solish maqsadida ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish 
maqsadida qurilgan inshootlarga ustunlar, tabiiy va sun‘iy to‗siqlardan o‗tishlar 
va boshqa muhofaza inshootlari kiradi.
 aloqa yo‗ldoshlarining; 
 O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‗ra 
to‗xtatib qo‗yilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining; 
 shahar yo‗lovchilar transportining (taksidan, shu jumladan yo‗nalishli 
taksidan tashqari), shahar atrofidagi yo‗nalishlarda yo‗lovchilar tashiydigan 
umumiy foydalanishdagi avtomobil transportining (taksi, shu jumladan 
yo‗nalishli taksidan tashqari); 
 yo‗l xo‗jaligi korxonalari va tashkilotlarining yo‗llarni ta‗mirlash va 
saqlash ishlarida band bo‗lgan transport vositalarining; 


122 
 soliq to‗lovchining balansida bo‗lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida 
foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik 
ob‗ektlarning;
 lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasining amal qilish 
muddatiga; 
 xorijiy kredit hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalarga, ushbu kreditni 
so‗ndirish muddatiga, lekin u besh yildan ortiq bo‗lmasligi kerak. 
Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etiladi:
a) soliq to‗lashga doir majburiyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab ushbu 
kreditni so‗ndirish muddatiga, lekin besh yildan oshirmagan holda, mazkur 
asbob-uskuna bo‗yicha mol-mulkka;
b) buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq 
to‗lovchining balansida qayd etilgan etkazib berish, montaj qilish va ishga 
tushirish-sozlash xarajatlarini o‗z ichiga oladigan asbob-uskunalarning butun 
qiymatiga. 
Soliq to‗lovchilarga O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga 
kiritilishiga qadar qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 
bilan taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga 
qadar saqlanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling