Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliq hisobini taqdim etish va hisoblangan soliq summasini byudjetga


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

 Soliq hisobini taqdim etish va hisoblangan soliq summasini byudjetga 
to„lash muddatlari. Yuridik shaxslar byudjetga joriy to‗lovlar summasini 
hisobot yili mol-mulkining o‗rtacha yillik qoldiq qiymatidan va belgilangan 
soliq stavkasidan kelib chiqib mustaqil ravishda hisoblaydilar. 
Byudjetga joriy to‗lovlarni to‗lash har oyning 20-kunidan kechiktirmay, 
yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‗lanadi.
Birinchi chorak, yarim yil, 9 oy va yil tugaganda to‗lovchilar mustaqil 
ravishda mol-mulk solig‗ini o‗sib boruvchi yakun bilan, hisobot davrida mol-
mulkning o‗rtacha qoldiq qiymatidan kelib chiqib, hisoblab chiqadilar va 
hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan, yil yakunlari bo‗yicha yillik 
moliya hisobotlarini taqdim etish muddatidan kechiktirmay ob‗ekt joylashgan 
joydagi davlat soliq organlariga belgilangan shaklda taqdim etadilar. Mol-mulk 
solig‗ining hisoblangan summasi hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan 
kundan kechiktirmay to‗lanadi. Aks holda har bir kechiktirilgan kun uchun 
hisoblangan soliq summasiga nisbatan 0,05 foiz miqdorida penya (moliyaviy 
jarima) qo‗llaniladi. 
Mol-mulkning qoldiq qiymati va imtiyoz taqdim etish muddatini 
ko‗rsatgan holda korxona mol-mulki o‗rtacha qoldiq qiymatining hisob-kitobi va 
soliq undirilmaydigan mol-mulk ro‗yxati mol-mulk solig‗ining hisob-kitobiga 
majburiy ilovalar hisoblanadi. 
Mahsulot eksportini amalga oshiradigan eksportchi korxonalar mol-mulk 
solig‗i hisob-kitobini taqdim etayotganlarida eksport qilinadigan mahsulot 
(ishlar, xizmatlar)ga doir ma‗lumotnomani taqdim etadilar. 


123 
Ortiqcha to‗langan soliq summalari, agar soliqlar va yig‗imlar bo‗yicha 
byudjetga qarz mavjud bo‗lmasa, to‗lovchining yozma arizasiga ko‗ra bo‗lg‗usi 
to‗lovlar hisobiga qayd etiladi yoki 30 kun ichida korxonaga qaytariladi. 
Byudjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi byudjetga to‗lovlar 
bo‗yicha qarzni hisobga olish hisobvarag‗i bo‗yicha yuritiladi. 
Mol-mulk solig‗i hisoblanganda buxgalteriyada davr xarajatlarini hisobga 
olish hisobvarag‗i debitlanadi, byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga 
olish hisobvarag‗i kreditlanadi. Soliq byudjetga o‗tkazilganda byudjetga 
to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗i debitlanadi, pul 
mablag‗larini hisobga olish hisobvarag‗i kreditlanadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling