Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-asosiy savol bayoni: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishi.
- Soliq to„lovchilar tarkibi.
1-savol bo‟yicha dars maqsadi: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni
davlat byudjet daromadlarida tutgan o‘rni va soliqni hisoblash tartibi, muddatlarini aniqlab, tushuntirib berish. Identiv o‟quv maqsadlari: 1.1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni tushuntira oladi. 1.2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilarini izohlay oladi. 1.3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqara oladi. 1-asosiy savol bayoni: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishi. O‗zbekiston sharoitida suv qadrli hisoblanadi. Chunki, respublikamizda qishloq ho‗jaligi asosan sug‗oriladigan yerlardan iborat. Suv har qanday davlat uchun asosiy boylik hisoblanadi. 1998 yilga qadar suvdan foydalanayotgan korxonalar ―suv uchun to‗lov‖ to‗lashar edi. Iste‗molchilarning suvdan samarali, tejab foydalanish maqsadida 131 respublikamiz soliq qonunchiligiga hamda O‗zbekiston Respublikasining ―Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuniga ko‗ra 1998 yil 1-yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. Ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika byudjetining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. 2008 yilda Davlat byudjetiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumi 34920 mln. so‗m tushishi prognozlashtirilgan bo‗lib, bu byudjet daromadlarining 0,5 foizini tashkil etadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi 1024- sonli qaroriga asosan ushbu soliq tushumi mahalliy byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko‗paytirish maqsadida to‗liq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadiga o‗tkazildi. Soliq to„lovchilar tarkibi. O‗z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar, dehqon xo‗jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lovchilardir. O‗zbekistonda asosiy, davlat byudjeti daromadlarini ushbu manba bo‗yicha ob- havo qiladigan, ya‗ni ta‗minlab beradigan soliq to‗lovchilar bo‗lib, Shirin GRES, Taxiyatosh GRES, Toshkent GRES va boshqa shu kabi GESlar hisoblanishadi. Soliqqa tortishning alohida tartibi o‗rnatilgan to‗lovchilar hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‗ullansalar, ular alohida hisob olib borishlari va shu faoliyatda foydalaniladigan suv hajmidan kelib chiqib suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lashlari kerak. Yuridik shaxslar suvdan foydalanish joyida davlat soliq xizmati organlarida ro‗yxatga olinish joyidan qat‘i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗laydilar. Aholi punktlarining suv ta‗minoti uchun suv etkazib beruvchi yuridik shaxslar o‗z faoliyatida ishlatiladigan suv uchungina soliq to‗lovchilar hisoblanadi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan binolar bir qismi, ayrim xonalar boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga topshirilganida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni "Suvoqava" tizimi korxonalari yoki suv xo‗jaligi organlari yoxud boshqa korxonalar bilan suv etkazib berish to‗g‗risida shartnoma tuzgan ijaraga beruvchilar to‗laydilar. Bino (xona)ni ijaraga olgan va o‗zlari suv etkazib berish to‗g‗risida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mustaqil ravishda to‗laydilar. Amaldagi korxonalar va tashkilotlar hududida ta‗mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaradigan yuridik shaxslar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to‗lamaydilar. Ta‗mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarish chog‗ida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni ular uchun ushbu ishlar bajariladigan korxona va tashkilotlar to‗laydilar. Yangi qurilish 132 maydonchasida qurilish ishlarini bajarish chog‗ida qurilish paytida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni qurilish tashkiloti to‗laydi. Mulkchilik va bo‗ysunish shaklidan qat‘i nazar issiq suv va bug‗ uzatuvchi korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ular tomonidan yuzadagi va er osti manbalaridan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun ishlatilgan suv resurslari hajmi uchun to‗laydilar. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling