Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 Ta’lim texnologiyasi umumiy asoslari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

2. Ta’lim texnologiyasi umumiy asoslari. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy 
asoslarini uning qonuniyatlari, tamoyillari, maqsadi, mazmuni, vazifalari, obyektiv hamda 
subyektiv omil, asosiy tushuncha va, mezonlari kabilar tashkil etadi. «Ta’lim texnologiyasi» 
iborasi esa inglizcha “an educational technology”- ta’lim berish san’ati, mahorati ma’nosini 
anglatadi. 
Tahlillarimiz G‘arbiy Yevropa hamda AQShda shaxsga ta’lim-tarbiya berish va uni 
rivojlantirish jarayoni “Ta’lim jarayoni” deb yuritiladi, shunga ko‘ra mazkur mamlakatlarda 
“pedagogik texnologiya” emas, “ta’lim texnologiyasi” iborasi qo‘llaniladi. 
Shuning uchun ham biz “pedagogik jarayon”, “pedagogik texnologiya”, “ta’lim 
texnologiyalari” iboralaridan sinonim sifatida foydalanamiz. Bundan ming yil muqaddam (870–
950) yillar) yashab, ijod etgan buyuk bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy biror sohada faoliyat 
ko‘rsatish maqsadida bo‘lsangiz eng avvalo quyidagi qoidaga amal qilishingiz zarur. 
Manbalar tahlili bu tushunchaga turlicha izoh berilganligidan dalolat beradi. Bu holat
ma’lum ma’noda to‘g‘ri, chunki har bir shaxs unga turli nuqtai nazardan yondoshadi. Lekin bir 
sohada faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun yakdillik bilan qabul qilingan izoh albatta zarur. 


109 
Hatto YUNESKO tashkiloti bergan izoh ham olimlarimiz tomonidan turlicha talqin etilganligiga 
guvoh bo‘lib turibmiz (16-chizma). 
Hozirgi paytda aksariyat mamlakatlar, shu jumladan respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida 
ham turlicha nomlangan texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning barchasi 
ma’lum umumiylikka ega bo‘lib, ular xususiy jihatlariga binoan tasniflanishi V.S. Kukushin,
G.K. Selevko., G. Berdiyev kabi ko‘plab olimlar tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lib, ularni chizma 
tarzda quyidagicha ifodalash mumkin (17-chizma).
Mustaqil respublikamiz ta’lim sohasidagi islohatlar ta’lim-tarbiyaning samarali omillaridan 
keng ko‘lamda foydalanish, bu jarayon qatnashchilari orasida ongli hamkorlik munosabatlarini 
yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va milliy mentalitetini hisobga olishni taqozo 
qiladi. 
Bu xayrli ishga respublikamiz olimlari va amaliyotchilari ham baholi qudrat o‘z ulushlarini 
qo‘shmoqdalar.
Biz ko‘p sonli pedagog olimlar va amaliyotchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga 
qo‘shilgan holda ta’lim-tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligini ta’min etuvchi omillardan 
oqilona foydalanish hozirgi zamon va istiqbol talabi deb bilamiz. 
Faol ta’lim omillaridan foydalanish g‘oyalari XIV-XVI asrlarda ilgari surilgan bo‘lib, 
o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini emas, balki ularni ongli, mustaqil izlanuvchan 
faoliyatlari orqali o‘zlashtirishlariga erishish zarur, ana shunda bilim, va shaxsiy fazilatlar muhim 
qiymatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.. 
O‘quvchilar shaxsida mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik his-tuyg‘ulari tanqidiy 
fikrlash kabi sifatlarni shakllantirishda faol ta’lim omillaridan foydalaniladi. Bunday omillar 
nomidan ma’lum bo‘lib turibdiki, bu jarayon o‘quvchilarning o‘ziga xos individual xususiyatlarini 
rivojlantirish, namoyon etishiga shart-sharoit yaratish uchun qo‘llaniladi. 
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsning jadal rivojlanishi, moddiy va ma’naviy 
qadriyatlarni o‘zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati orqali amalga oshadi. Agar o‘quvchi 
o‘zining o‘quv-bilish faoliyati mohiyatini anglab yetmasa, barcha xatti-harakatlari tashqi tazyiq 
natijasida amalga oshirilib, o‘zlashtirgan bilimlari rasmiy xarakterga ega bo‘ladi. 
Bundan shaxs rivojlanishida irsiyat, ta’lim tarbiya, muhit bilan birga shaxsiy faoliyat 
muhim ahamiyat kasb etishi kelib chiqadi. Shaxs faoliyati uning ichki dunyosi, tafakkuri 
kechinmalari, diqqati, xayoli, hissiyoti bilan uzviy bog‘liq. O‘qituvchining mahorati o‘quv 
materialini pedagogik qayta ishlab, o‘quvchida unga nisbatan ongli munosabat paydo qiladigan 
holatda yetkazishdan iborat. Chunki shaxs-motiv, hissiyot, shaxsiy fikr va xatti–harakatlar 
vositasida namoyon bo‘ladi. 
Demak, faol ta’lim o‘quvchi o‘quv-bilish faoliyatini ongli tashkil etish bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib, muammoli izlanish, tadqiqotchilik, dialogik va poliologik muloqot va munosabatlarni talab 
etiladi. 
Bu g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan va yetarli darajada tadqiq 
etilmagan, pedagogik muammo sifatida e’tirof etiladi. 
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya qonuniyatlari va prinsiplariga 
asoslanib, mazmunni yangicha shakllantirish, uni o‘quvchilar mulkiga aylantirishning maqbul 
shakl, yo‘l, vositalaridan foydalanish, shart-sharoitlarini yaratish hamda ulardan oqilona 
foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunda maqbullik ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari tomonidan 
imkon qadar kam zo‘riqish kuchlari, vaqt sarf etgan holda har tomonlama mukammal bilim, va 
shaxsiy fazilatlarni shakllantirilishini maqsad qilib olmog‘i zarur. 
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash - shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim, shaxsiy 
fazilatlar, mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli, qo‘llanilayotgan metodlar, vositalar va shu kabi 
ko‘plab omillarga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quv 
materialiga nisbatan tanqidiy yondoshish malakalarini shakllantirish hamda mahsuldor o‘quv-
bilish faoliyatlarini tashkil etishda binar yoki integrativ dars, ishchanlik yoki rolli o‘yin, evristik 
suhbatdan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur vaziyatda ta’lim-tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsad 
bilan albatta mutanosib bo‘lishi kerak. 
tizimdir. 


110 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling