Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘quv vazifalari, o‘quv-ishlab chiqarish ishlarining mazmuni hamda xarakteri, nazorat 
qilish bosqichlarini hisobga olish zarur. 
Bu vazifalar yechimini topishning asosiy yo‘llaridan biri o‘quvchilar bilim ko‘nikma va 
malakalarini baholashda obyektivlikni oshirish; baholarni aniq ilmiy asosda qo‘yish hisoblanadi. 
Ana shunday mezonlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin. 
1 .Nazariy ta’lim bo‘yicha bilimlar mukammalligi (o‘rganilgan obyektning 
muhim jihatlarini yorita olishdagi miqdoriy ko‘rsatkichi); 
2. Tizimlilik (bilimlar elementlari orasidagi aloqadorliklarning anglanganligi); 
3. Umumlashganlik (bilimlar elementlari orasidagi umumiylikning anglaganligi); 
4. Haqiqiyligi (bilimlardan aniq shart-sharoitlardan foydalana olish qobiliyati); 
5. Mustahkamligi (o‘zlashtirilgan bilimning xotirada saqlanishi); 
I. Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha: 
- xatti - harakat usullarining o‘zlashtirilganligi; 
- o‘quv-ishlab chiqarish vazifalari (ishlari)ni bajarishda texnik, mehnat va hayot 
xavfsizligi talablariga amal qilinishi. 
- texnik-texnologik talablarga amal qilinishi; 
- vazifani (ishni) belgilangan meyoriy vaqt birligida bajarilishi va shu kabilar. 
Zikr etilgan mezonlar va ko‘rsatkichlarni baholar bilan aniqlashtiruvchi nisbatlar aniq 
o‘quv predmetlari bo‘yicha dasturlar ishlab chiqqan mualliflar va kasb-hunar kolleji metodik 
komissiyasi tomonidan belgilanishi zarur. Bu meyorlar asosida talim natijalarini joriy, oraliq va 
yakuniy baholash mumkin bo‘ladi. 
Eslatma: 
Agar biror buyum (mahsulot) tayyorlash imkoni mavjud bo‘lmasa, ishlab chiqarish 
ta’limi bo‘yicha (ko‘nikma va malakalar) o‘quvchilar tomonidan tahlil qilinishi, ish o‘rnini 
tashkil etish; texnologik jarayon mohiyatini tushunish va asoslash, laboratoriya amaliy ishlarni 
bajarishga ko‘ra baholanishi mumkin. 
Umuman kasb-hunar ta’limi natijalariga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning muhimlarini 
chizma shaklida quydagicha ifodalash mumkin (14-chizmaga qarang). 
14 – chizma.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling