Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


Download 361.83 Kb.
bet37/67
Sana16.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1095702
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

2.Metodlarning turlari. Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bо‘lib, ularning har biri о‘z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bо‘linadi. О‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini о‘zi uzatish, qabul qilish, anglash, о‘quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va kо‘nikmalarni amaliyotda qо‘llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga sо‘z orqali uzatish va axborotni (informasiyani) eshitish orqali qabul qilish metodlari, og‘zaki metodlar, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar; о‘quv axborotini kо‘rgazmali uzatish va kо‘rish orqali qabul qilish metodlari – kо‘rgazmali metodlar; tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; о‘quv axborotini amaliy mehnat harakati orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqqan holda amaliyotda keng qо‘llanayotgan metodlarni, asosan quyidagi uch guruhga ajratish mumkin.

О
o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim mazmunda eng kо‘p qо‘llaniladigan metodlardan biri bо‘lib, mazkur metodga barcha о‘quv predmetlari bо‘yicha barcha sinflarda murojaat qilish mumkin.
Ushbu metod bayon qilinayotgan ma’lumotlarning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga kо‘p ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi.
О‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi quyidagi 5 turda qо‘llaniladi.

hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bо‘lib, obrazli tasvirlash yо‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir (bayon qilish 30-40 daqiqa bо‘lishi mumkin). Hikoya qilish ijtimoiy-gumanitar fanlarni о‘qitishda keng qо‘llaniladi.


Hikoya qilish davomida о‘quvchilar passiv tinglovchi bо‘lib, qolmasliklariga, aksincha, ular faollikni oshirish, diqqatni mavzuga safarbar qilish, hodisa va voqealar ustida fikr yuritish, fikr almashish maqsadida savollar berib borish, kо‘rgazmali qurollardan foydalanishga e’tibor berish lozim.

Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling