Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
-MAVZU: О‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan metodlarga
Download 361.83 Kb.
|
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ta’lim metodlarning asosiy talablari
15-MAVZU: О‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan metodlarga
qо‘yiladigan turlari. Maqsad: О‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan metodlarga qо‘yiladigan turlarini tahlil qilish. Kalit so`z:ta`lim, fikr, didaktika, xarakter, daraja Reja: 1.Ta’lim metodlarning asosiy talablari 2.Texnalogik karta 1.Ta’lim metodlarning asosiy talablari О‘quv materialini о‘rganish yо‘li fikr yuritishning didaktik usullarini, milliy istiqlol g‘oyasiga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulqatvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak. Shu talab nuqtai nazaridan qaraganda, ta’lim metodi tarbiyalovchi xarakterda bо‘lishi, ya’ni bilimlarni о‘zlarshtirishgagina emas, balki ta’limning tarbiyalovchilik imkoniyatlarini ishga solishga ham yordam berishi kerak. Ta’lim metodi ilmiy dalilar bilan ravshan va aniq asoslangan bо‘lishi lozim. Ana shunda о‘qituvchi, bu metod bilan ishlashda qanday vazifalarni qо‘yib, hal qilish mumkinligini va qanday vazifalarni amalga oshirib bо‘lmasligini kо‘ra oladi. Metodning ilmiyligi о‘quvchilarning ravshan va aniq fikr yuritishini: materiallarni о‘zlashtirish jarayonidagi dalil-isbot va muhokamalarning maqsadi, vositalari, usullari, asosiy va ikkinchi darajali natijalarni ham bildiradi. Ta’lim metodlarning tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi. О‘quv materialini о‘rganishning har qanday alohida olingan usuli, garchi, shu darsda qо‘llanish uchun juda qulay bо‘lsa ham, о‘qitishning boshqa metodlari bilan birga qо‘llanilmaganda о‘quvchilar aqlining о‘sishiga uncha ta’sir kо‘rsatmasligi mumkin. Ta’lim metodlari oldiga muqarrar sur’atda qо‘yiladigan yana bir talab – ularning tushunarli bо‘lishidir. О‘qitish yо‘li о‘quvchiga tushunarli va maqbul bо‘lishi, о‘quv materialini о‘rganish usullari esa uning bilimlarni о‘zlashtirishdagi yosh imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. Bolani sezgi organlari orqali bilishga о‘rgatish va о‘quv jarayonida kо‘rsatmali qurollardan iloji boricha kо‘proq foydalanish zarurligi ta’lim metodlari oldiga qо‘yiladigan muhim talabdir. Ta’lim metodlarini ta’limni ongli va faol shaklda olib borish tamoyili nuqtai nazaridan asoslash zarurligi ham muhim talablardan biridir. Bolaning о‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bо‘lishi, о‘quv materiali mazmunini ongli ravishda tushunishi, undagi bilish faolligi va qiziqishining darajasi о‘qituvchining tushuntirish metodlariga va bolalarning bilimlarni о‘lashtirish usullariga bog‘liq. Ta’lim metodlari oldiga qо‘yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bо‘lishidir. Ta’lim metodlari yaxshi natija beradigan bо‘lishi lozim. О‘qituvchining tushuntirish va о‘quvchilarning о‘zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mо‘ljallangan natijani berishi kerak. О‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda kо‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bо‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda о‘qituvchiga u tomonidan bо‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun о‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, о‘quvchitalabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun о‘qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bо‘lishi, shuningdek, juda kо‘p metodlar. Usullarni bilishi kerak bо‘ladi. Xar bir darsni rang-barang, qiziqarli bо‘lishi avvaldan puxta о‘ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. Darsning texnologik kartasini qay kо‘rinishda yoki shaklda tuzish, bu о‘qituvchining tajribasi, qо‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bо‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bо‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi tо‘liq о‘z ifodasini topgan bо‘lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi о‘qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari о‘z aksini topadi. Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling