Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


Download 361.83 Kb.
bet51/67
Sana16.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1095702
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

«Veyer» texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, kо‘ntarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni о‘rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bо‘yicha bir yо‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda о‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Veyer» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Veyer» texnologiyasi mavzuni о‘rganishning turli bosqichlarida qо‘llanilishi mumkin:
boshida: о‘z bilimlarini erkin faollashtirish;
mavzuni о‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat – ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bо‘yicha dalildan natijaga kelish.
Ta’limdan tashqari «Yelpig‘ich» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;
muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;
murosali qarorlarni topa olish mahorati;
о‘zgalar fikriga hurmat;
xushmuomalalik;
ishga ijodiy yondashish;
faollik;
muammoga diqqatini jamlay olish mahorati.
Aqliy hujum
Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qо‘llaniladigan, kо‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish mumkin bо‘lgan metoddir. Bu haqiqatan ham talabalarning о‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yо‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda о‘ziga tortib oladi.
О‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa о‘kuv faolligi 5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi.
Aqliy hujum turli tarzda qо‘llanishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun, yangi savol qо‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun.

Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling