Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


Ma’ruzaning mazmunli, samarali bо‘lish


Download 361.83 Kb.
bet65/67
Sana16.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1095702
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

1.Ma’ruzaning mazmunli, samarali bо‘lish
Ma’ruza va uning о‘ziga xosliklari
Ma’ruza-pedagogik fanlarni о‘qitishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:
yо‘naltiruvchi: о‘quvchilarni о‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga imkon berish;
axborot: о‘qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan
bog‘liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari namoyon etiladi.
tarbiyalovchi: о‘quvchilarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish;
rivojlantiruvchi: о‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish.
Ma’ruza metodida kо‘zlangan asosiy maqsad - о‘quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir.
Ma’ruza yangi bilimni о‘tishda uning qismlarini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni о‘rganishda, о‘quv fanlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqani о‘rganishda qо‘llaniladi.
Ma’ruzaning mazmunli, samarali bо‘lishi uchun:
aniq, о‘ylab tuzilgan rejani о‘quvchilarga tanishtirish;
rejaning har bir qismi bо‘yicha berilgan ma’lumotni yakunlash;
bayon о‘quvchilarga tushunarli va kо‘rgazmali, yorqin bо‘lishi;
bayon о‘quvchilarda muhim о‘rinlarni bilib olishga qiziqish uyg‘otadigan bо‘lishi kerak.
Ma’ruza va ma’ruzachiga quyiladigan pedagogik talablar. Ma’ruzani muvaffaqiyatli о‘qish, ma’ruzani ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, kо‘p jihatdan ma’ruzachi va talabalar auditoriyasi о‘rtasidagi muloqatga bog‘liq bо‘ladi.
Ma’ruzachi va talabalar о‘rtasidagi muloqatni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir.
Birinchi guruh sharti ma’ruza mazmuni va tuzilishiga bog‘liq bо‘ladi.
Bularga quyidagilar kiradi.
Ma’ruzalarga ularni о‘tkazishga qat’iy talablar quyiladi:
Ma’ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bо‘lishi kerak.
Ma’ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.
Ma’ruza ilmiy faktlar va ma’lum otlarga boy bо‘lishi kerak.
Ma’ruzada fan-texnikaning eng sо‘nggi yangiliklari yoritilishi zarur.
Ma’ruza uchun materiallar chuqur о‘rganilgan holda tanlanishi kerak.
Ma’ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bо‘lishi kerak.
Ma’ruzada ilmiy adabiyotlar tahlili, о‘tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga obyektiv baho berish zarur.
Ikkinchi guruh shartlari ma’ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:
Ma’ruzachi aniq g‘oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bо‘lishi.
Ma’ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bо‘lishi kerak.
Ma’ruzachi ma’ruzadagi ma’lumotlarni erkin holda о‘zlashtirgan bо‘lishi zarur.
Ma’ruzachi о‘z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ijodga qiziquvchan bо‘lishi zarur.
Ma’ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog‘liqligi (о‘quvchi talabalar diqqatini о‘ziga jalb etish, talabalarni fikrlash faoliyatlarni yо‘lga solish va boshqalar) mavjud bо‘lishi kerak.
Ma’ruzachida muloqatga kiritish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bо‘lishi kerak.
Ma’ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodxon va tо‘g‘ri bо‘lishi, uning nutqi aniq, ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bо‘lishi zarur.
Ma’ruzachini nutq sur’ati (tempi) talabalarga ma’ruzani tushunishlari va asosiy mazmunni yozib olishlari uchun mos bо‘lishi kerak.
Ma’ruzachi talabalar bilan xushmuomila va shu bilan birga talabchan munosabatda bо‘lishi lozim.
Uchinchi guruh shartlariga quyidagilar kiradi:
Ma’ruza soatlarini tо‘g‘ri taqsimlanishi.
О‘quv jarayonini о‘z vaqtida, sifatli materiallar bilan ta’minlash.
Yuqorida sanab о‘tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina, hamma talablarga javob beradigan ma’ruzani о‘tish mumkin bо‘ladi.
Ma’ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va kо‘p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma’ruzadan faqat fan, о‘quv predmeti asoslari borasidagi ma’lumotlar berib qolmasdan, balki talabalarni ijtimoiy-g‘oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma’ruza jarayonida asosiy e’tibor talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan.
Ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma’ruzachi-о‘qituvchida ma’ruza mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bо‘lishi lozim.
Ma’ruza о‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlarida va oliy ta’lim muassasalarida 80 daqiqalik akademik soatdan iborat bо‘ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma’ruza bir dars davomida oxiriga yetkazilmay qolgan bо‘lsa, u yangi mashg‘ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bо‘yicha ma’ruza materiallari tushuntirib bо‘lingach, о‘quvchilar bilan savol-javob о‘tkaziladi. Har bir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bо‘lgan adabiyotlar rо‘yxati taqdim etiladi.



Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling