Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


Mavzu:17-18 O`rta maxsus oliy ta`lim tizimidagi o`ziga xos o`qitish shakllari


Download 361.83 Kb.
bet58/67
Sana16.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1095702
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

Mavzu:17-18 O`rta maxsus oliy ta`lim tizimidagi o`ziga xos o`qitish shakllari
Maqsad: O`rta maxsus oliy ta`lim tizimidagi o`ziga xos o`qitish shakllari haqida
Kalit so`z: ta`lim, shakl, qaror
Reja:
1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyati
2. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasining talab etiladigan darajasini ta’minlash, o‘qitishning innovatsiya usullarini joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda talaba yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish masalalaridagi faoliyati ustidan nazorat bo‘shashtirib yuborilganligini, bu mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini qayd etadi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qaroriga ko‘ra xodimlarning umumiy soni 387 nafar bo‘lgan 8 ta xo‘jalik hisobidagi Vazirlik tasarrufidagi tashkilot uning tuzilmasidan chiqarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mo‘ljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta’lim standartlari talablari va ta’lim darajasiga va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish va uning qondirilishini ta’minlash;
o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish shaklini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish;
oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
barcha manbalar, ayniqsa to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish.
2-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1039-son qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ;
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari instituti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga aylantirilsin.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga talablarni ishlab chiqish va takomillashtirish, shuningdek mamlakat litseylari, kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining o‘zaro bog‘liqligi va uzluksizligini metodik ta’minlash;
o‘qitishning interaktiv metodlarini, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan multimediy o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
litseylar, kollejlar, bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlariga kiruvchi barcha fanlar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlari tayyorlashni va ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlashni tashkil etish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining faoliyat ko‘rsatishini ilmiy-metodik ta’minlash, raqobatbardoshli kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish asosida respublikada yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma daromadlari homiylik xayriyalari mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt (shu jumladan oshirilgan to‘lov-kontrakt) shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larining mazkur mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarida aks ettiriladigan yil boshiga qoldik qismining 5 foizi miqdoridagi ajratmalari hisobiga shakllantiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2019-y., 09/19/172/2676-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda:
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazining Nizomini hamda uning tuzilmasini;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda — Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.


Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling