Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risida
Download 361.83 Kb.
|
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risida
I. Umumiy qoidalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi) respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. 2. Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kab-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy o‘quv yurtlari kiradi. 3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Vazirlik faoliyati Vazirlikka ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. 6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari 7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mo‘ljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlash; idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta’lim standartlari talablari hamda ta’lim darajasi va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish va uning qondirilishini ta’minlash; o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish; pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam o‘zaro hamkorligini ta’minlash; barcha manbalar, ayniqsa to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish. 8. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: oliy ta’lim muassasalarida va Vazirlik tizimidagi boshqa idoraviy mansub tashkilotlarda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishini ta’minlaydi; bakalavriat ta’limi va magistratura mutaxassisliklari yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, oliy ta’lim fanlarining namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek oliy ta’lim muassasalari faoliyatining aniq turlarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq bakalavriat ta’limi va magistratura mutaxassisliklarining istiqbolli yo‘nalishlari ro‘yxatini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oliy ta’limning yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yangi avlod o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, elektron kutubxonalar joriy etilishini ta’minlaydi; oliy ta’lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilishi monitoringini olib boradi; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida milliy mustaqillik g‘oyalariga, xalqning boy milliy va madaniy-tarixiy an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tashkil etilishini amalga oshiradi; oliy ta’lim muassasasining namunaviy ustavini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda oliy ta’lim muassasalarining va Vazirlik tizimidagi boshqa idoraviy mansub tashkilotlarining ustavlarini tasdiqlaydi; Davlat test markazi bilan birgalikda oliy ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni tanlash va qabul qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga, shuningdek pedagog kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari amalga oshirilishini ta’minlaydi; pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning samarali shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish shaklini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari, pedagoglari va muhandis-pedagog xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; oliy ta’lim muassasasining rektori, prorektori va fakultet dekani lavozimiga nomzodlarni tanlash va ko‘rsatish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; ta’lim sifatini oshirishga, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, pedagog kadrlarning samarali faoliyatini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va o‘quv jarayoniga joriy etadi; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog kadrlarini ishga qabul qilishning tanlov tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; oliy ta’lim sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etadi, respublikaning oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; Vazirlik tizimining oliy ta’lim muassasalarini, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonini moddiy-texnik jihozlashni moliyalashtirishning davlat normativlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi; oliy ta’lim muassasalari, Vazirlik korxonalari va tashkilotlarining xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining ta’minotiga xarajatlar smetasini tasdiqlaydi hamda belgilangan tartibda ularni moliyalashtirishni amalga oshiradi; Vazirlikning idoraviy mansub muassasalari va tashkilotlari boshqaruv xodimlari sonini belgilangan tartibda tasdiqlaydi; o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi hamda budjetdan tashqari mablag‘lar tushumi va sarflanishi ustidan nazorat qiladi; Vazirlikka markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash va qayta taqsimlash uchun O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida joriy, hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochadi; respublika ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni bajarishda oliy maktabning ilmiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanilishini ta’minlaydi; mutasaddilik qilinadigan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradi va amalga oshiradi; talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiatlarini aniqlaydi; ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar aspirantura va doktorantura orqali belgilangan tartibda tayyorlanishini tashkil etadi; oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida xorijiy sheriklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatadi; idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning oliy ta’lim muassasalarida xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi; Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda davlat tilida va boshqa tillarda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish va ularning nusxalarini ko‘paytirishning yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi; Vazirlik tizimi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etishga materiallarni ko‘rib chiqadi va xulosa beradi; talabalar uchun belgilangan tartibda universiadalar va boshqa sport tadbirlarini o‘tkazadi, ularning g‘oliblarini xalqaro tanlovlar va musobaqalarga yuboradi; oliy maktabni rivojlantirish, fan va texnikaning dolzarb masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda respublika va xalqaro kengashlar, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazadi; idoraviy mansub tarkibiy bo‘linmalar, markazlar, Vazirlik tizimiga kiradigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini tayinlaydi. 9. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘ziga idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar orqali hal qiladi. Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling