Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet2/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

O`QUV FANIDAN NAMUNAVIY DASTUR
«Tilshunoslik nazariyasi» kursi mundarijasi, vazifalari. Til - ijtimoiy hodisa sifatida. Til - fikr ifodalashning muhim vositasi ekanligi. Tilning ijtimoiy vazifalari. Tilshunoslikning falsafiy masalalari.
Til va tafakkur. Til - fikr ifodasi va fikr manbayi sifatida. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarning o`zaro munosabati. Til va tafakkur bog`liqligi.
Til va nutq. Nutq faoliyati, og`zaki va yozma nutq. Psixologik tilshunoslik - nutq faoliyati va so`zlash jarayonini o`rganuvchi soha sifatida. Til – tafakkur – nutq munosabati.
Til ramzlar tizimi ekanligi. Tilning ramz sifatidagi ifoda va mazmun tomoni. Tilning tuzilishi va tizimi. Asosiy til birliklari: gap, so`z birikmasi, leksema, morfema, fonema. Til birliklarining o`zaro munosabati. Sintagmatik va paradigmatik munosabatlar.
Tilning uslubiy ko`rinishlari. Til imkoniyatlarining uslubiy ifodalarda namoyon bo`lishi.
Tilning tarixiy taraqqiyoti va o`zgaruvchanligi. Sinxroniya va diaxroniya. «Tilshunoslikka kirish» va unga yondosh leksik, grammatik o`zgarishlarni tahlil etishda yozma tarixiy manbalarning ahamiyati. Tildagi qonuniy o`zgarishlar va nutqiy hodisalar.
Tilshunoslik sohalari. Fonetika. Morfologiya. Leksikologiya. Frazeologiya. Sintaksis. Uslubiyat. Tilshunoslik sohalarining umumiy va o`ziga xos masalalari.
Fonetika va fonologiya. Tilning fonetik-fonologik sathi. Fonetika va uning o`rganish sohasi. Nutq tovushlarining o`rganishning nazariy va amaliy ahamiyati. Asosiy fonetik birliklar.
Nutq tovushi asosiy fonetik birlik sifatida. Nutq tovushlarining xususiyatlari. Nutq tovushlarini o`rganishning akustik, fiziologik, fonologik aspektlari. Tovush va fonema. Fonologiya fonemani o`rganuvchi soha sifatida. Fonetika va fonologiyaning o`zaro munosabati.
Nutq apparati va uning tuzilishi. Nutq organlari va ularning vazifalari. Faol nutq organlari. Yordamchi nutq organlari. Tovushning paydo bo`lish o`rni. Tovush hosil bo`lishidagi asosiy bosqichlar.
Nutq tovushlarining umumiy tasnifi. Unli va undosh tovushlar.
Unli tovushlar tasnifi: lablangan va lablanmagan unlilar: cho`ziq va qisqa unlilar.
Undosh tovushlar tasnifi: tovushning hosil bulish o`rniga ko`ra: tovushning hosil bo`lish usuliga ko`ra: ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra.
Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar. Tovush o`zgarishlari; kombinator va pozitsion tovush o`zgarishlari. Hozirgi va tarixiy fonetik hodisalar.
Pozitsion tovush o`zgarishlarining asosiy turlari; reduktsiya, jaranglilashish, proteza, epenteza, gaplologiya.
Kombinator tovush o`zgarishlari: metateza, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, akkomodatsiya va ularning turlari. Tovush uyg`unligi (singarmonizm). Lab va tanglay uyg`unligi. Ayrim til oilalarining dastlabki taraqqiyoti davrida tovush uyg`unligining belgilovchi ahamiyati.
Fonema. Fonema so`z va morfemalarda ma`no jihatdan farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turlari sifatida. Fonema variantlari. Fonema-fona-allafona.
Tilning fonemalar tizimi. Fonema nazariyasi tarixidan. Fonemalar haqida turli fonologik maktab vakillarining fikrlari (N.S.Trubetskoy, L.V.Shcherba qarashlarini o`rganish).
Tovush ifodasi. Transkripsiya.
Bo`g`in. Bo`gin turlari. Tillarning bo`g`in tuzilishiga ko`ra farqlanishi. Bo`g`inga ajratish mezonlari. Bo`g`inning amaliy ahamiyati.
Urg`u. So`z urg`usi. Dinamik urg`u, miqdor urg`usi, musiqiy urg`u. Mantiq urg`usi. Fraza urg`usi. Ohang.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling