Artikulyatsiya usuli deganda tovush hosil qilish paytida nutq a’zolarining qanday holatda harakat qilishi tushuniladi. Masalan, v, z, y, x, sh, h kabi tovushlarni talaffuz qilganda nutq a’zolari bir-biriga yaqinlashadi, ammo havo oqimining chiqishi uchun torgina oraliq qoladi, havo oqimi ana shu oraliqdan sirg‘alib chiqadi va bunday tovushlar artikulyatsiya usuliga ko‘ra sirg‘aluvchi tovushlar nomini oladi. Portlovchi tovushlarni hosil qilishda esa havo oqimi jipslashgan a’zolar orasidan portlab chiqadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Nutq apparati nima? Nutq a’zolarini sanang.
Ovoz paychalaridan pastki qism a’zolariga qaysi organlar kiradi?
Bo`g`izda hosil bo`luvchi tovush haqida ma’lumot bering.
Ovoz paychalaridan yuqori qismda joylashgan nutq organlari va ularning vazifasini tushutiring.
Nutq artikulyatsiyasi nima? Tovush hosil bo‘lishida nutqiy a’zolarning harakatini kuzating va xulosalar chiqaring.
Barcha tillarda nutq artikulyatsiyasi bir xilmi?
Til ishtirok etadigan tovushlardan o`ntasini sanang.
Unli va undosh tovushlar artikulyasiyasini xarakterlang.
Turli tillardan bo‘g‘izda hosil bo‘ladigan tovushlarga misollar keltiring.
Adabiyotlar:
1. Azizov O. Tilshunoslikka kirish.Toshkent, 1996.
2. Bulanin L.L. Fonetika sovremennogo russkogo yazo’ka. Moskva, 1977.
3. Tursunov U. va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 1992.
3-mavzu: Unli va undosh tovushlar
Reja:
1. Tildagi unli tovushlar va ularning tasnifi.
2. Undosh fonemalar va ularning tasnifi.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Vokalizm, tilning ko`tarilish darajasi, lablanish – lablanmaslik, aralash qator unlilar, qattiq va yumshoq unli, cho`ziq va qisqa unli, portlovchi va sirg’aluvchi undosh affrikat, titroq tovush, jaranglilik va jarangsizlik, shovqinlilar va sonorlar, bo`giz undoshi, korrelyativ belgi, binar ziddiyat.
Nutq a’zolari tomonidan hosil qilingan nutq tovushlari dastlab ikki katta guruhga bo`linadi:
Unli tovushlar;
Undosh tovushlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |