Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.78 Mb.
bet24/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Bilish jarayonida zid qo`yishning qanday ahamiyati bor?
2.Tovushlarning farqlovchi va biriktiruvchi belgilari deganda nimani tushunasiz?
3. Nima uchun o`zbek tili unlilarida qator belgisi fonologik farqlanish belgisi bo`la olmaydi?
4. Korrelyativ ziddiyatli munosabatlarga misollar keltiring.
5. Binar ziddiyatli munosabatlarga misollar keltiring.
6.She’riy parcha yozing. Undagi unli va undosh tovushlarga tasnif bering.
7. Unli va undosh tovushlar soni barcha tillarda bir xilmi?
8. Qaysi tovushlarni talaffuz qilganda til, til uchi, tish faol ishtirok etadi?
9. Qorishiq (affrikat) tovushlar ishtirok etgan so`zlar qatorini tuzing.
10. “Portlovchi – sirg`aluvchi” belgili ziddiyatlar qatoriga misollar keltiring.


Adabiyotlar:
1.Azizov O. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1996.
2.Baskakov N.A. va b. Umumiy tilshunoslik. Toshkent, 1979.
3. Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova N. Hozirgi o’zbek adabiy tili. (Akademik litseylar uchun darslik). Toshkent, 2001.


4- Mavzu: Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar


Reja:
1.Kombinator tovush o`zgarishlari.
2. Pozitsion tovush o`zgarishlari.
3. Fonetik o`zgarishlarning imlo bilan bo`g`liq tomonlari.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Kombinator va pozitsion o`zgarishlar, singarmonizm, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, proteza, epenteza, eliziya, diereza, reduksiya, apakopa, sinkopa, sinerezis, epiteza, prokopa.

Fonema nutqda voqealanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma-yon kelgan tovushlar yoki qo`shimchalar ta’siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon bo`ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o`zgarishlar kuchayib, boshqa tovushlarga almashadi. Nutq jarayonida sodir bo`ladigan o`zgarishlar tovushlarning kombinator-pozitsion o`zgarishlari deyiladi. Masalan, rus tilidagi lodka va gorod so`zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya’ni jarangsizlashadi. O`zbek tilida yutdi va obod so`zlarida ham shu holat yuz beradi. Lodka va yutdi so`zlarida jarangsizlanish qo`shni tovush ta’sirida yuz bersa, gorod va obod so`zlari talaffuzida o`zgarish tovushning so`z tarkibidagi mavqeyi bilan bog`liqdir. Birinchi holat kombinator o`zgarish bo`lsa, ikkinchi holat pozitsion o`zgarishdir. Biz quyida shu o`zgarishlar haqida fikr yuritamiz.



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling