Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Diereza. So`z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi. O`zbek tilida go`sht, do`st, rost, bo`lsin so`zlari tarkibida kelgan [t


Download 0.78 Mb.
bet28/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Diereza. So`z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi. O`zbek tilida go`sht, do`st, rost, bo`lsin so`zlari tarkibida kelgan [t] va [l] tovushlari tushirib talaffuz qilinadi: go`sh, do`s, ros, bo`sin kabi. Rus tilidagi schastlivo, izvestno so`zlari nutqda schaslivo, izvesno tarzida aytiladi.
Demak, nutq tovushlari har bir til qonun- qoidalariga muvofiq ma’lum tartib bilan tutashib, birikib so`z hosil qilar ekan, so`z tarkibida aks ettirilgan harflarga nisbatan o`zgargan holda ham talaffuz etilishi mumkin. Ba’zi hollarda bu imloda ham o`z aksini toptadi.Bunda o`zbek adabiy tilidagi [-ga] qo`shimchasining variantlarini misol qilish mumkin: terakQgaqterakka, buloqQgaqbuloqqa. Rus tilida bezplatno-besplatno, razskazat-rasskazat so`zlarida qo`llangan jarangli [z] o`rnidagi [s] ham orfografiyada o`z aksini topgan. Eliziya hodisasiga uchragan ba’zi so`zlar ham shular jumlasidandir.

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Fonetik hodisalar qanday ro`y beradi?
2. Fonetik hodisalar unlilarga ham xosmi?
3. Xorijiy tillardan kombinator va pozitsion o`zgarishlarga misollar keltiring.
4. Do`stlik shishaga monand, sinsa- ulay olmaysan. Ushbu maqolda uchragan fonetik hodisalarni izohlang.
5. Imlodagi fonetik yozuvning fonetik hodisalar bilan bog`liq tomoni nimada?
6. Har bir tilga xos bo`lgan fonetik o`zgarishlar va ularning sababini tushuntiring.


Adabiyotlar:
1.Axmanova O.S. Fonologiya. Moskva, 1954.
2.Trubetskoy N.S. Osnovo’ fonologii . Moskva , 1960 .
3.Baskakov A., Sodiqov A., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. Toshkent, 1979 .
4. Azizov O. Tilshunoslikka kirish., T., “O’qituvchi”, 1996.

  1. Reshetov V., Shoabdurahmonov Sh. O’zbek dialektologiyasi. T., “O’qituvchi”, 1978.

  2. Sodiqov A. va b. Tilshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1981.

  3. Shoabdurahmonov Sh. va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. T., “O’qituvchi”, 1980.

  4. O’z SE. 11-son. T., 1978. 282-283 – b.

Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. B., “Buxoro universiteti”, 1999.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling