Leksikologiya. Lug`aviy sath. Leksikologiya leksema va uning lug`aviy ma`nosi haqidagi fan sifatida. So`zning ifoda tomoni. So`zning mazmun tomoni. So`zning nomlash vazifasi. Suzning til birligi va nutq birligi sifatidagi ahamiyati.
Semasiologiya. Lug`aviy va grammatik ma`no. Leksemaning semantik tabiati. Leksema va semema. Semema va uning tarkibiy qismlari (nomlash, ifoda, mohiyat semalari). So`z va tushuncha. Bir ma`nolilik va ko`p ma`nolilik.
Ma`no ko`chishining asosiy yo`llari: metafora, metanimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik.
Tilning lug`aviy tarkibi. Lug`aviy sath taraqqiyotining ichki va tashqi manbalari. Lug`aviy birliklarning qo`llanish doirasiga ko`ra guruhlanishi: iste`mol doirasi chegaralangan va keng iste`mol qatlami. Chegaralanagan iste`mol leksikasining ko`rinishlari (sheva so`zlari, argolar, uslubiy xoslangan leksika). Terminologiya. Terminlar mohiyati.
So`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra turlari: omonimiya, sinonimiya, antonimiya hodisalari. Sinonimiya, sinonimik qator. Darajalanish (graduonimiya) qatorlari. Giponimiya. Antonimik va uning xususiyatlari. Lug`aviy tizimlar: lug`aviy-ma`noviy guruh (LMG), lug`aviy mavzuiy to`plam (LMT), lug`aviy-mavzuiy maydon (LMM) tushunchalari va ularning mohiyati. Omonimiya va uning ko`rinishlari.
Lug`aviy qatlam. O`z va o`zlashgan qatlam. Til taraqqiyotining ichki va tashqi omillari.
So`zning ma`no talqini. Etimologiya masalalari. Ilmiy etimologiya va uning vazifalari. Xalq etimologiyasi.
Leksikografiya. Lug`at turlari. Qomusiy va lingvistik lug`atlar. Umumiy va maxsus lug`atlar. Bir til asosidagi lug`atlar: izohli lug`at, etimologik, frazeologik lug`atlar. Tarjima lug`atlar. Lug`atchilikdagi muammolar.
Frazeologiya. Frazeologiya iboralar haqidagi bo`lim sifatida. Iboralarning semantik tabiati. Frazemalarning semantik turlari: omonim, sinonim, antonim iboralar. Iboralarning shakllanish usullari.
Grammatika. Grammatika tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi fan sifatida. Grammatikaning ikki qismi: morflogiya va sintaksis.
Do'stlaringiz bilan baham: |