Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
Download 0.78 Mb.
|
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Tasnif tushunchasi, tillar tasnifi, tillar tasnifi turlari, areal tasnif, funksional tasnif, geneologik tasnif asoslari, tillar oilasi, morfologik yoki tipologik tasnif, til tiplari, analitik va sintetik tizimdagi tillar. Tasnif (arabcha - sinf demakdir) yoki klassifikatsiya (latincha klassis – sinf, turkum, guruh) atamalari hodisalarni, tushuncha va ko`rinishlarni bir sinfga, guruhga yoki tizimga birlashtirish degan ma’noni bildiradi. Voqelikdagi barcha narsa va hodisalar muayyan tizim (sistema)ning tarkibida yashaydi, shuningdek, ma’lum bir sinflarga, guruhlarga birlashadi. Shu jihatdan qaraganda, tasnif yoki tasniflash ilm-fan va insoniy bilish jarayonida juda muhim rol o`ynashi aniqlashadi. Ilmiy tasnif voqelikning ma’lum ko`rinishni tadqiq etishda ifodalanuvchi ilmiy qonuniyatlarga asoslanadi. Odatda, tabiiy klassifikatsiya hamda sun’iy klassifikatsiya ajratiladi: masalan, kimyoviy elementlarni sistemalashtirish yoki biologik hodisalarni guruhlashtirish tabiiy tasnif bo`lsa, yordamchi klassifikatsiyalar, bibliografiya sohasidagi alifbo asosidagi hamda nom asosidagi, soha hamda yo`nalish bo`yicha kataloglar sun’iy tasniflardir. Dunyoda 2,5 mingdan ortiq til borligi taxminiy hisoblab chiqilgan; buni aniqlashning, hisoblashning qiyin tomoni shundaki, ba’zi bir tillar yetarli darajada o`rganilmaganligi tufayli mustaqil tilmi yoki dialektmi, noaniq bo`ladi. Zero, bunda muayyan tilda so`zlashuvchilarning soni e’tiborga olinmaydi, chunki shunday dialektlar borki, 100 ming va, hatto, ko`proq aholiga xizmat qiladi, shuningdek, shunday tillar ham borki, bir necha ming kishi va ba’zan undan ham ozroq kishilar foydalanishadi. Ba’zi bir tillar borki, juda tor doiradagi insonlar guruhiga xizmat qiladi. Masalan, Afrika, Polineziya, Amerika hududlari, Dog`istondagi ba’zi elat va qabilalar tili misol bo`la oladi. Bir xil tillar faqat bir xalqning tili hisoblanadi. Masalan, dungan tili (Qirg`iziston, Qozog`iston), mansi tili (Shimoliy Zauralye) muayyan xalq tili bo`lsa, chesh, polyak, bolgar tillari millat bilan bog`liq. Tillarning yana bir sinfi – bir necha millatlarga xizmat qiluvchi til bo`lib hisoblanadi. Bunga misol qilib, portugal tilining Portugaliya va Braziliyada, fransuz tilining Fransiya va Shveytsariyada, ingliz tilining Angliya va AQSH, nemis tilining Germaniya va Avstraliyada, shuningdek, ispan tilining Ispaniya hamda Janubiy va Markaziy Amerikaning 20 ta respublikasida qo`llanilishini keltirish mumkin. Dunyoda ikki tilli xalqlar ham bor, shu bilan birga ikki va undan ortiq xalqning tiliga aylanganlari ham mavjud. Shunday tillar borki, ularda adabiy tildan farq qiluvchi bir necha variantlar, tillar mavjud. Masalan, komi-ziryan va koma-permyas tillari yoxud arab tili. Somiy tillar guruhining janubiy tarmog`iga mansub bu til – Yaqin va O`rta Sharq hamda Afrika shimolidagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Unda 200 milliondan ziyod aholi gaplashadi (1997). Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Mag`rib, Hasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga bo`linadi. Shu va shu kabi hodisalar, tillarni sistemalashtirishning muhim masalalari sanaladi. Umumiy tilshunoslikning dolzarb vazifasi – tillarni tasniflash, ularni tasniflash asoslarini tekshirishdan iborat. Tilshunoslar hamda tadqiqotchilar orasida tillarni tasniflash bo`yicha har xillik mavjud. A.Reformatskiy ham, B.Golovin ham tillarning klassifikatsiyasini 2 guruhga – geneologik va tipologik (yoki morfologik)ka bo`lsalar1-2, V.Koduxov hamda A.Sodiqovlar darsligida tillar tasnifi 4 guruhga ajratiladi: areal (geografik), tipologik, geneologik, funksional3-4. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling