A.Sharqiy guruh:
1). Rus, 10 million, Rossiya va sobiq SSSR respublikalarida; shimoliy rus -“olovchi” va janubiy rus – “alovchi” eng muhim aloqa tili (jahon bo`ylab);
2). Ukrain, 40 million, Ukraina, shimoliy Kavkaz, Sibir, Qozog`iston; o`ng qirg`oq va chap qirg`oq (Dnepr bo`ylab) tillari mavjud;
3). Belorus, 9 million, Belorussiyada.
B. Janubiy guruh:
4). Bolgar, 7 million, Bolgariya, Yugoslaviya, Moldaviya va Ukrainada;
5). Makedon – Bolgariya, Yugoslaviya va Gretsiyada;
6). Serb – xorvat, 10 million, Yugoslaviya (Serbiya, Bosniya, Gersogovina, Xorvatiya); serblarda – rus alifbosi, xorvatlarda – latin yozuvi;
7). Slovyan, 1 million, Yugoslaviya, Pridunay Avstriya, Italiya.
O`lik tillar: qadimgi staroslavyan – rus adabiy tilining tarkibiy asosi.
D. G`arbiy guruh:
8). Chex, 9 million, Chexoslovakiyada;
9). Slovak, 3 million, o`sha yerda;
10). Polyak, 25 million, Polshada;
11). Koshub, 150 ming, Polsha va Boltiq qirg`oqlarida;
12). Serbelug (sorab, vend), 10 ming, Shpre daryosida, Luzatsiyada, Germaniyada, yuqori lug va quyi lug tillari mavjud.
4.Boltiq guruhi.
1). Litva, 2 million , Litvada;
2). Latish , 1 million, Latviyada;
3). Latyul – Latviyaning sharqida.
O`lik tillar: pruss XVII asrdan so`ng “o`ldi”, sobiq Sharqiy Prussiya hududlarida.
5.German guruhi.
A.Shimoliy german (skandinav ) guruhi:
1). Dat, 3 million, Daniya;
2). Shved, 7 million, Shvetsiya, g`arbiy Finlyandiya, Norvegiya;
3). Norveg, 3 million, Norvegiya (ikki adabiy til, riksmal, (bukmal)-datchaga yaqin kitobiy til, lansmal (nyunorsk) – norveg dialektlariga eng yaqin);
4). Island, 100ming , Islandiya;
5). Farryor, 25 ming, Farryor orollari (Atlantika okeanida);
B. G`arbiy german guruhi;
6). Ingliz, 170 million, Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSH (ingliz tilini “amerikacha shakli”), Kanada, Alyaska, janubiy Afrika Birlashmasi, Sudan, Misr, Siriya, Falastin, Iroq, Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya (V-XI asrlarda- qadimgi ingliz, XI-XVI asrlarda – o`rta ingliz, XVI asrdan- yangi ingliz; ingliz adabiy tili London dialekti asosida shakllandi, jahonda xalqaro til maqomiga ega);
7). Golland flamandchasiga, 13 million, Gollandiya, Shimoliy Belgiya,Afrikadagi buryatlar tili;
8). Friz, shimoliy Gollandiya (Germaniya bilan chegaradosh) va Nemets daryosi orollarida;
9). Nemis tili, 80 million, Germaniya, Avstriya, shimoli g`arbiy va g`arbiy Shveytsariya (ikki tili: quyi nemis hamda yuqori nemis adabiy til janubiy nemis tilining shimoliy talaffuzi asosida shakllandi, eng yirik xalqaro tillardan biri);
10). Idish (tedish, yangi yahudiycha) – turli yuqori nemis dialektlari-qadimgi yahudiy, slovyan va boshqa tillar bilan qo`shilgan holda, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya, Vengriya va hokazolarda tarqalgan yahudiylar tili.
Do'stlaringiz bilan baham: |