Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar


Download 0.78 Mb.
bet60/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Til taraqqiyoti, til hodisalarining o`zgaruvchanligi, soddalashuv, qayta tuzilish, murakkablashuv, diaxroniya, sinxroniya, tilshunoslik va falsafa, tilshunoslik va mantiq, tilshunoslik va tarix, yozma tarixiy manbalar va til, tilning umumiy qonuniyatlari, tilning xususiy qonuniyatlari.

Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarga bir nazar tashlab ko`raylik. Bular eng mayda zarrachalar va g`oyat katta yulduz sistemalari, bir hujayrali eng oddiy organizmlar-u yuksak darajadagi tuzilishga ega bo`lgan yirik mavjudotlardan iborat. Narsalar, hodisalar katta-kichikligi, shakli, rangi, zichligi, tuzilishining murakkablik darajasi, tarkibiy va boshqa juda ko`p xossalari, xilma-xilligi hamda utrli-tumanligi bilan bir-biridan farq qilishi bilan birga ular doimo o`zgarib turadi. Ma’lumki, dunyoda o`zgarmaydigan narsaning o`zi yo`q. Barcha narsa vaqt o`tishi bilan ma’lum darajada o`zgaradi, yangilanadi, bir turdan ikkinchi turga o`tadi… O`zgarish tabiat-hodisalarigagina emas, tabiiyki, ijtimoiy hodisalarga, shu jumladan, til hodisalariga ham xosdir. Tarixiy taraqqiyot va o`zgaruvchanlik tilning hamma sathlariga xosdir. Kishilik jamiyati paydo bo`lgandan buyon til uzoq davrlar o`tishi bilan o`zgarib, boyib borgan. Ayni vaqtda til taraqqiyoti kishilarning turli-tuman tajribalarining takomillashishiga,, bu tajriba-yu bilimlarning avloddan avlodga o`tishiga ham imkon bergan. Til taraqqiyoti natijasida fan, texnika, madaniyat taraqqiy qilgan, ya’ni kishilik jamiyati rivojlangan.


Tilning tarixiy taraqqiyoti va o`zgaruvchanligi jamiyat hayoti bilan bevosita bog`liq bo`lib, ijtimoiy hayotda ro`y bergan o`zgarishlar tilda aks etadi. Bu o`zgarishlar hammadan ko`proq tilning lug`at boyligida o`z ifodasini topadi. Yangi narsa-buyum, tushunchalarning paydo bo`lishi yoki, aksincha, narsa-buyum va tushunchalarning keng iste’moldan chiqib ketishi hammadan avval tilning lug`at boyligida o`zgarish bo`lishiga olib keladi. Chunonchi, Muqimiy (1850-1903) ning «Navbahor ochildi gullar, sabza bo`ldi bog`lar» matlali g`azalidagi ayrim baytlarga e’tibor qarataylik:
Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila
O`ynashib, gohi tabiatni qilaylik chog`lar.
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog`lar.
Hozirda Muqimiy davrida keng qo`llanilgan mahfil, ulfatu ahbob, ahli tamiz kabi juda ko`p so`z va so`z birikmalari keng iste’moldan chiqib, eskirgan so`zlarga aylangan. Muqimiylar yashagan davrda tilimizda patta, vistavka, gimnaziya, pech kabi yangi-yangi so`zlar paydo bo`lgan bo`lsa, bu so`zlarning ko`pchiligi bizning davrimizga kelib eskirib qoldi. Tilning lug`at sostavida yangi so`zlar, iboralar paydo bo`lishi, ayrim so`zlarning semantikasida o`zgarishlar yuz berishi, ba’zi so`zlarning eskirib qolishi barcha tillarga xos bo`lgan umumiy qonuniyatlardandir. Chunonchi, o`tgan asrning boshlari va o`rtalarida rus tilida paydo bo`lgan bolshevizm, menshivizm, proletariat, s’ezd, kolxoz, sovxoz marksizm, leninizm, kommunizm kabi ko`plab so`zlar hozirda eskirib iste’moldan chiqqan. Tilda sodir bo`layotgan o`zgarishlar so`zning tuzilishiga ham o`z ta’sirini o`tkazadi, oqibatda u ham asta-sekin o`zgarib boradi. So`z strukturasining o`zgarishi turli tillarda turli yo`l bilan yuz beradi. Tilshunoslikda buning asosiy uch usuli qayd etiladi: soddalashuv, qayta bo`linish va murakkablashuv.
So`zlarni qo`shish yo`li bilan yasalgan qo`shma so`zlarning tub so`zlarga yoki o`zakka, ko`p morfemali so`zning bir morfemali so`zga o`tish hodisalari s o d d a l a sh u v deyiladi. Odatda, soddalashuv hodisasi so`z o`z «ichki tuzilish shakli»ni o`zgartirganda, ya’ni morfemalar orasidagi chegara yo`qolganda ro`y beradi. Ilmiy adabiyotlarda soddalashuv hodisaning sodir bo`lishiga asosan ikkita sabab borligi ko`rsatiladi:

  1. u yoki bu morfemaning ma’nosi kuchsizlanishi, asta-sekin yo`q bo`lib ketishi natijasida uning iste’moldan chiqib ketishi;

  2. o`zakdosh so`zlar o`rtasidagi aloqaning uzilishi.

Birinchi usulga o`zbek tilidagi qishloq, qovurg`a, yuksak, qachon, bo`rsiq so`zlari, rus tilidagi nujno’y, xijina, koltso so`zlari misol bo`la oladi. Qishloq so`zi aslida qishQla (fe’l yasovchi affiks) Q q (ot yasovchi affiks) morfemalaridan; qovurg`a so`zi qopQur (daraja ko`rsatuvchi affiks) Q g`a (ot yasovchi affiks) morfemalaridan; yuksak so`zi yukQsa (fe’l yasovchi affiks) Q k (sifat yasovchi affiks); qachon so`zi qay, chog` va –in morfemalaridan hamda bo`rsiq so`zi esa bo`rQsiQq morfemalaridan tashkil topgan. Hozirgi tilshunoslikda bu so`zlar sodda tub so`zlar sifatida baholanadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling