Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet25/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

1. Singarmonizm. Bu hodisada unli va undoshlarning o`zgarishi farqlanadi. Unlilarning nutq jarayonida o`zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg`unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir. Uning ikki asosiy ko`rinishi mavjud:
a) til garmoniyasi;
b) lab garmoniyasi.
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam so`zidagi [q] undoshi chuqur til orqa undoshi bo`lganligi bois, birinchi bo`g`indagi [a] unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo`ladi. Buning natijasida esa keyingi bo`g`inda [a] tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo`ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] undoshiga, keyingi bo`g`indagi [a] esa oldingi bo`g`indagi [a] unlisiga moslashadi.
Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo`ladi. Bunda unlilar ham til oldi - til orqalik jihatidan, ham lablanganlik- lablanmaganlik jihatidan o`zaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Bunga ko`ra, so`z boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo`lsa, so`z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So`z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo`lsa, so`z oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi bo`ladi. Masalan, boshqird, sog`in, bo`g`in so`zlaridagi kabi.
2. Assimilyatsiya. Nutq tovushlari qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini o`ziga moslashtiradi. Nutqdagi bunday hodisa assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo`ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilyatsiya yuz beradi: ketQdiqketti, aytQdiqaytti, otQdanqottan, yurakQgaqyurakka.
Keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, regressiv assimilyatsiya yuz beradi: yigitQchaqyigichcha, yozQsinqyossin, uchQso`mqusso`m, tuzQsinqtussin.
Rus tilida otdat so`zi oddat tarzida talaffuz etiladi. Bu ham regressiv assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Regressiv assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisban nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o`ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so`zining talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo`lmog`i lozim.
Assimilyatsiya to`liq va qisman bo`lishi mumkin.
To`liq assimilyatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan moslashadi va to`lig`icha uning tusiga kiradi. Yuqorida keltirilgan so`zlarning hammasi to`liq assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Qisman assimilyatsiyada nutq tovushlaridan biri ikkinchisini biror tomondan qisman o`xshatadi (moslashtiradi): oshQga-oshka, ishQga-ishka so`zlarida jo`nalish kelishigidagi [g] tovushi oldingi [sh] tovushining ta’sirida [k] tovushiga aylanmoqda. Bu so`zda qisman assimilyatsiya yuzaga kelmoqda, ya’ni [g] jarangli tovushi o`zidan oldingi [sh] tovushiga faqat bir tomonlama – jarangsizlanish tomonidan o`xshamoqda, xolos, lekin to`liq uning tusiga kirgan emas. [Uchta] leksemasining ushta, [pochta] leksemasining poshta deb talaffuz qilinishi ham shu hodisaga misol bo`la oladi. Rus tilidagi karobka, vodka: inglizcha: goods, cats so`zlarida ham shu turdagi assimilyatsiya mavjud.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling