Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.78 Mb.
bet35/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. So‘z nima? Uning til sistemasidagi o‘rnini izohlang.
2. Leksema atamasining ma’nosini ochib bering.
3. Leksemaga barcha tillar uchun bir xil ta’rif berib bo‘ladimi?
4. Leksemalar jamiyat a’zosi ongida qanday munosabatlarda yashaydi?
5. Quyidagi matnni o`qing. Mustaqil va yordamchi leksemalarni aniqlang. Ularning ma’nolari orasidagi farqni tushuntiring.
Uning uchun qamoqxonada eng tansiq narsa qog‘oz edi. U hamma joydan faqat qog`oz qidirardi. Bir daqiqa sayrga olib chiqishsa, devorlar tagida sarg`ayib, g`ijim bo`lib yotgan bir parcha qog`oz topib olib, boshi osmonda yana zax xonaga qaytardi. Tergov paytida ham ilinji shu. Ovqat payti ham. Ana shunday ming mashaqqatlar bilan yig`gan qog`ozlari bir kuni qo`lyozmaga aylandi. Endi uni nima qilib bo‘lsa ham tashqariga, odamlarga yetkazish zarur edi. Lekin qanday qilib? U turma boshlig`iga murojaat qildi….. Boshliq qo‘lyozmani oldi-yu, gurillab yonib turgan pechkaning ichiga otdi… U yana o`sha zax va qorong‘i xonada o`ziga keldi. Kim edi bu adib? Qodiriymi? Cho`lponmi…? Yoki Usmon Nosirmi?!.. (M. Yusuf.)


Adabiyotlar:
1. Golovin B. N. Vvedenie v yazo’koznanie. Moskva, 1977, str. 88-107.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent, 1995.
3. Qo’chqortoev I., Qo’chqortoeva R. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1975, 32-35-betlar.


8- mavzu: Frazeologiya
Reja :



  1. Frazeologiya sohasi, uning shakllanish bosqichlari.

  2. Frazeologik ma’no. Ibora.

  3. Iboralarning semantik tabiati.

  4. Frazeologizmlarning grammatik xususiyatlari.



Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Frazeologiya bo`limi, o`zbek frazeologiyasining taraqqiyoti, o`zbek frazeologiyasiga muhim hissa qo`shgan tilshunos-olimlar, frazeologik ma’no, ibora, frazeologik polisemiya, qarama-qarshi ma’noli iboralar, iboralar sinonimiyasi, frazeologik paronimiya va paroforma, iboralar omonimiyasi va polisemiya, iboralar variatsiyasi, frazeologizmlarning grammatik xususiyatlari, kalkalash va tarjima.

Frazeologiya – tilshunoslikning mustaqil sohasi bo`lib, leksikologiya bag‘ridan XX asrning 50-yillaridan boshlab mustaqil bo`lim, yangi soha sifatida ajralib chiqdi. Frazeologiyaning alohida lingvistik yo`nalish bo`lib shakllanishida, jumladan, o`zbek frazeologiyasining dunyoga kelishida V.V.Vinogradovning muhim xizmatlari bor. Chunki, sobiq sho`rolar davrida mustamlaka xalqlar tillari frazeologiyasi shu olim ta’limoti asosida paydo bo`ldi. Bu sohaning rivojlanishida akademik A.Shaxmatov, V.Vinogradov, A.Yefimov, N.Shanskiylar, o`zbek tilshunosligida esa Sh.Raxmatullayev, Y.Pinxasov, M.Husainov, I.Qo`chqortoyev, B.Yo`ldoshev kabi zabardast olimlar ulkan xizmat qildilar.


O`zbek frazeologiyasining izchil ilmiy asosda tadqiq qilinishi Sh.Raxmatullayev nomi bilan bog‘liqdir. Olim bu sohaga bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlari bilan milliy frazeologiyamizning yaratilishiga asos soldi. Jumladan, olimning quyidagi tadqiqot ishlari mavjud: «O`zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (T., 1978), «O`zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati» (T., 1964), «O`zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari» (T., 1966), «Osnovno’e grammaticheskie osobennosti obrazno’x glagolno’x frazeologicheskix edinits sovremennogo uzbekskogo yazo’ka» (M., 1952), «Hozirgi zamon o`zbek tili» (T., 1957), «Frazeologik birikmalarning asosiy ma’no turlari» (T., 1955) va h.z.
Shuningdek, Y.Pinxasov ham frazeologizmlarni o`rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Olimning – « Frazeologicheskie vo’rajeniya v yazo’ke proizvedeniy Xamida Alimjana» (T., 1953), «Hozirgi o`zbek adabiy tili» (Leksikologiya va frazeologiya.) (T., 1969), «O`zbek tili frazeologiyasi haqida» (T., 1957) kabi asarlari tilshunoslik xazinasidan o`rin olgan.
O`zbek frazeologiyasining yangi muvaffaqiyatlarga erishuvida B.Yo`ldoshev, Abdumurod va Abdug‘ofur Mamatovlarning xizmatlari katta bo`ldi. B.Yo`ldoshev frazeologizmlarning konnotativ ma’nolari, badiiy tasvir vositasi sifatidagi imkoniyatlarini atroflicha yoritib berdi. Abdumurod Mamatov frazeologik norma muammosini ko`tarib chiqdi va frazeologik norma hamda frazeologik variant o`rtasidagi munosabatni ko`rsatib berdi. Abdug‘ofir Mamatov esa, o`zining qator asarlarida frazeologik shakllanish muammolarini o`rtaga qo`ydi va uning paydo bo`lish omillarini yoritib berdi. Frazeologizmlarning muhim farqlovchi belgisi mazmuniy qayta shakllanish ekanligini ko`rsatdi.
Ma’lumki, til birliklari shakl va ma’no munosabatida yashaydi. Til birligi bo`lishi uchun ma’lum shaklga ma’lum bir ma’no biriktirilgan bo`lishi kerak. Shunga ko`ra so`zlar leksik ma’no va grammatik ma’noga ega. Leksik ma’no – biror bir predmet, harakat-holatni yoki shularga mansub belgi-xususiyatlarni nomlovchi ma’no bo`lsa, grammatik ma’no leksik ma’nolarni bir tur, turkum ostida birlashtirish, umumlashtirish hodisasini namoyon etadi.
Odatda, ikki va undan ortiq mustaqil so`zning semantik va grammatik jihatdan aloqaga kirib, ma’lum tushuncha yoki tasavvurni, ba’zan nisbiy tugal fikrni bildiradigan birliklar-so`zlar bog‘lanmasi uch ko`rinishda ajratiladi:



  1. Erkin so`zlar bog‘lanmasi;

  2. Qo`shma so`zlar bog‘lanmasi;

  3. Frazeologik bog‘lanmalar.1

Frazeologik bog‘lanmalar yoki frazeologizmlar ikki va undan ortiq so`zning birikib ko`chma ma’no ifodalashidan tashkil topgan, gapda bir butun bo`lak vazifasida keladigan, yaxlitlashgan, tarkiban barqaror, tayyor, obrazli tasavvurlarga ega lug‘aviy birliklardir. Iboralar kamida ikkita mustaqil so`zdan (leksemadan) iborat bo`ladi. Shunga ko`ra iboralar o`zining ifoda tomoni bilan so`zdan farq qiladi: so`zning material tomoni – tovush bo`lsa, frazeologizmniki so`zdir. Iboralarning ma’no planiga bittadan ortiq so`zlarning yaxlitligicha, ma’lum bir obraz asosida, ko`chim asosida semantik bog‘lanishi hodisasi xos bo`lib, bu frazeologik ma’no deyiladi. Masalan, ko`zini ochmoq birikmasi frazeologik ma’noni mujassamlashtirgan:





  1. Ko`zingni och! (uyg‘on)

  2. Ko`zingni och! (ogoh bo`l, g‘aflatda qolma)

So`zlar shakl va ma’no munosabatiga ko`ra ikki guruhga ajratiladi:



    1. shakl tomoniga ko`ra: omonimlar, paronimlar;

    2. mazmun tomoniga qarab: polisemiya, antonimiya va h.z.

Xuddi shuningdek, frazeologizmlarda ham shakl va mazmun munosabati aks etadi. Frazeologik sinonimiya, antonimiya, polisemiya, frazeologik paronimiya va omonimiya hodisalari mavjud.



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling