Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet41/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Intonatsiya ham sintaktik munosabat ifodalaydigan vositalardan biri hisoblanadi. Oldingi mavzularimizdan sizga ma’lumki, mantiq urg‘usi, pauza, ritm, melodika kabilar intonatsiyaning tarkibiy qismlaridir. Intonatsiya – barcha tillarga xos bo‘lgan sintaktik munosabat ifodalovchi vosita.

U yoki bu tilda sintaktik vositalardan qaysi turining ishlatilishi har bir tilning grammatik qurilishiga bog‘liqdir.
Biz yuqorida sintaksisning nutqiy bosqichga xos bo‘lgan ba’zi jihatlari xususida mulohaza yuritdik. Ma’lumki, har bir millat, xilq tili o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarning o‘zaro munosabati bilan butun sistema (tizim)ni tashkil etadi. Tilning har bir sathi «lison ~ nutq» aspektida o‘rganilishini yodga olaylik. Til (lison) birliklarini fonema, morfema, leksema hamda lisoniy sintaktik qoliplar tashkil etsa, bevosita kuzatishda berilgan nutqiy birliklarni tovush (harf), affiks, so‘z, so‘z birikmasi, gap, matn kabilar ifodalaydi.
Nutqiy sintaksis birliklari bo‘lmish so‘z birikmasi, gap, matn moddiylikka ega bo‘lib, ularni o‘qish, yozish, aytish, eshitish mumkin. Lisoniy sintaksis birliklari esa so‘z birikmasi va gap hosil qilish qoliplaridir, ya’ni lisoniy sintaktik qoliplar (LSQ) dir. Demak, nutqda voqelanish imkoniyatiga ega bo‘lgan so‘z birikmalari va gaplarning qurilish qoliplari lisoniy sintaksisning tadqiq manbaidir. Xo‘sh, lisoniy sintaktik qolip nima?
Kishilar ongida, chunonchi, lisoniy sathda so‘zlash, ya’ni xilma-xil maqsadlarga xizmat qiluvchi nutqni shakllantirish uchun leksemalarni so‘z birikmalari sifatida bog‘lash, leksema yoki so‘z birikmalariga gap shaklini beruvchi qoliplar mavjud. Bular LSQ lar, modellar, konstruksiyalar, qurilmalar tarzida nomlansa-da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. LSQ larni biz jamiyatda tayyor holda qabul qilib olamiz va uni o‘z ixtiyorimizcha o‘zgartira olmaymiz. LSQ lar va ularning nutqiy voqelanish (so‘z birikmalari, gap)lari o‘rtasida umumiylik ~ xususiylik, mohiyat ~ hodisa, imkoniyat ~ voqelik, sabab ~ oqibat dialektikasi mavjud bo‘lib, lisoniy sintaktik qoliplar bizning ongimizdagi yuksak darajali umumiyliklardir. Ular ongimizda ichki imkoniyat, zarurat, mohiyat sifatida mavjuddir. Shu o‘rinda LSQ va uning hosilalari bo‘lgan so‘z birikmasi yoki gapga xos xususiyatlarni taqqoslab ko‘raylik.




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling