Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet48/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Areal tasnifda dunyo tillarining xaritasi, turli mamlakatlarning til tomonidan tabiati, ayrim tillar qo`llanish doirasining kengayishi kabi masalalar o`z ifodasini topadi. XX asrning 80-yillarida dinyoda 130 ga yaqin millat va elat vakillari hisobga olingan bo`lib, rus, ukrain, belorus, o`zbek, tatar, qozoq, ozarbayjon, arman, gruzin, litva, moldavan xalqlari eng ko`p sonli millatlar hisoblanadi. Shimoldagi xant, chukcha, evenesk, nenes, nanay, maksi, koryak xalqlari (Kavkaz), Dog`istonda rus, qumiq va ozarbayjonlardan tashqari yashovchi: avar, dargin, lazgin, lak, tabasaran, chechen va no`g`ay kabi 30 ga yaqin elat va etnik guruhlar yashaydi. Sobiq SSSRning areal lingvistik tasnifi shuni ko`rsatadiki, unda, asosan, hind-yevropa, turkiy, fin-ugor, kavkaz, mo`g`ul, tungus-manjur, paleoazit manjur tillari keng tarqalgan edi.

Tillarning funksional tasnifi ko`p qirrali bo`lib, 3 asosiy jihatga ko`ra ajratiladi:



  1. tilning o`zi mansub bo`lgan etnik jamiyat bilan aloqasi;

  2. tilning jamiyatdagi vazifalari;

  3. asosiy etnik oblast doirasida tilning tarqalganligi.

Tilning xalq tarixi bilan aloqasiga ko`ra, asosan, 3 tilga ajratiladi: qabila tili, elat tili, milliy til. Tillardagi ijtimoiy funksiyalarni tasniflash turli nutq uslub (stil)larining, tillar ixtisoslashuvining paydo bo`lishiga olib keladi. Dastlab mehnat faoliyatining, ijtimoiy jarayonning vositasi bo`lgan til, badiiy-nasriy tilga ega milliy va xalq tillarining vujudga kelishi bilan polifunksional, ya’ni ko`p vazifali bo`ladi, chunki bu alohida tillarning vazifaviy ixtisoslashuviga hamda uslublarning yuzaga kelishini ifodalaydi.


Quldorlik va feodolizm jamiyatida cherkov siyosiy hamda madaniy hayotda muhim rol o`ynagan. Dinlar ko`pgina mamlakatlarga tarqala boshladi, bu 3 asosiy dinning – buddizm, islom va nasroniylikning vujudga kelishiga olib keldi. Buddizmning yoyilishi sanskrit tilini ibodat tiliga aylantirdi. Islomda esa – arab tili. Ikki nasroniy (xristian) e’tiqodlar – sharqiy (pravoslav) va g`arbiy (katolik) dinlarning tarqalishi hamda cherkovlarning 1054-yilda rim-katolik va grek-pravoslavga bo`linishi – latin cherkovi, slavyan cherkovi ibodat tillarining qabul qilinishiga asos bo`ldi.
Millatlarning paydo bo`lishi bilan bunday tillar ta’sirini yo`qotadi. Biroq hozirgi adabiy tillarda ularning qoldiqlari kuzatiladi (rus adabiy tilida tserkovnoslavyanizmo’, chesh tilida latinizm sifatida). Shuningdek, hindu va urdu (keyingisi XIII-XIV asrlarda Hindiston musulmonlar tomonidan bosib olingandan so`ng vujudga keldi) tillari misolida kuzatish mumkinki, urdu tilining grammatikasi hindu bilan bir xil, ammo urdu leksikasi eroniy va arab so`zlari bilan ifodalanadi, alifbosi esa arabchadir (hinduniki - devanagari).
Geneologik tasnifning ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Buni qadim olimlar va tarixchilar ham e’tirof etishadi. Jumladan, A.Reformatskiyning fikricha, «tillarning turlichaligi antik fikrlarda ifodalanmaydi, chunki greklar va rimliklar faqat o`z tillarini o`rganishni munosib ko`rib, qolgan tillarni «varvar», ya’ni tushunarsiz g`uldirash deb hisoblashar edi». Demak, turli tillilik o`rta asrlarda, varvarlarning Rimni vayron qilib, o`zlarining ko`plab «varvar» tillari - kelt, german, slovyan, turk va b. madaniy hayotga olib kirganlaridan so`ng yuzaga kelgan. Ilm olamida esa tillarning har xilligi cherkov ta’limoti, jumladan, Bibliya(Tavrot)dagi (Vavilon) Bobil minorasi haqidagi (eslang: Xudo Bobil qal’asini qurishga kirishgan kishilarning tilini aralashtirgan edi…) afsona bilan izohlanar edi. XIX asrgdan boshlab bu e’tiqod real ma’lumotlarni qidirish, izlashga intilish bilan almashdi. Tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi sabablari ham shu orqali anglashiladi. Bu metodning asoschilari F.Bopp, Y.Grimm, R.Rask, A.X.Vostokovlardir.
Bizga ma’lumki, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik – bir bobo tildan ajralib chiqqan, o`tmishda qardosh, qarindosh bo`lgan tillar faktlarini o`zaro qiyoslab o`rganishi, shuningdek qayta tiklash vazifalarini o`z ichiga oladi. Avgust Shleyxerning qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bo`yicha qilgan ishlari bizga ma’lum (hind-yevropa tillarida bobo til, tillar shajarasi, bobo til haqida).
Tillarning genealogik klassifikatsiyasi til faktlarini tarixiy prinsip asosida o`rganib, tillarning qarindoshlik munosabatini aniqlaydi. Bu tasnif turi dunyo tilshunosligida ancha keng tarqalgan bo`lib, deyarli barcha tillarni qamrab oladi. Tadqiqotlar natijasida tarixiy qarindoshlik belgisi asosida til oilalari deb ataluvchi bir necha yirik guruhlarga bo`linishi mumkin ekanligini aniqlashdi. Bir oilaga mansub tillar o`zaro uzoq yoki yaqin «qarindoshlik munosabatlari» bilan bog`lanadi, bu esa bunday strukturalar, aslida bobo til, asos tilga borib taqalishini ko`rsatuvchi tillararo umumiy xususiyatlarda, uyg`unlikda seziladi. Xuddi shuningdek, geneologik jihatdan turli til oilalariga mansub bo`lgan tillarda tarixiy genezis asoslari yoki umumiy kelib chiqishini ifodalovchi so`z va shakllar mavjud emas. Hozirgi kungacha qabul qilib kelinayotgan tillar genealogik tasnifi quyidagicha:


  1. Download 0.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling