Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet51/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Turkiy tillar oilasi.

Bu ham yirik oila bo`lib, 30 ga yaqin til kiradi. Bu tilda so`zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi. Turkiy tillar oilasiga quyidagilar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg`iz, o`zbek, qoraqalpoq, chuvash, uyg`ur, qozoq. Mazkur oila – bulg`or tillari guruhi, o`g`uz, qipchoq, o`zbek va uyg`ur, o`g`iz guruhi, qirg`iz-qipchoq tillari guruhiga ajratiladi.
Tilshunoslikda morfologik tasnif muhim ahamiyatga ega. Bu tasnifning ahamiyatli tomoni shundaki, tillar morfologik xususiyatlari, tiplari asosida muayyan guruhga birlashtiriladi va turg`un sistematizatsiyaga, qat’iy klassifikatsiyaga erishiladi. Morfologik klassifikatsiya tillarning kelib chiqishi, tarixi, qarindoshlik aloqalari bilan qiziqmaydi, balki tillarning grammatik xususiyatlarini, aniqrog`i o`zak va affikslarni qarama-qarshi qo`yish asosida taqqoslab o`rganishga asoslanadi. Morfologik klassifikatsiya asosida til tiplari aniqlanadi va ajratiladi. U yoki bu tilning qaysi morfologik tipga mansub ekanligini aniqlash uchun esa shu tillardagi so`z qurilishi (strukturasi) o`rganiladi.
Morfologik tasnif - so`zlarni, o`zak va qo`shimchalarni qarama-qarshi qo`yishga asoslangan. XIX asr o`rtalarida nemis komparativist olimi Avgust Shleyxer (1821-1868), aka-uka Shlegellar (Fridrix Shlegel va Avgust Shlegel) hamda Gumboldt g`oyalarini umumlashtirib, o`zaklar – ma’no, affikslar esa munosabatni ifodalashini isbotlaydi. O`z vaqtida F.Shlegel (722-1829) o`zining «Hindlarning donoligi va tili» (1809) nomli asarida sanskrit tilini grek, latin va turkiy tillar bilan chog`ishtirib, tillarni ikki tipga ajratiladi: a) affiksli tillar, b) flektiv tillar. Avgust fon Shlegel esa o`zining «Provansal tili va adabiyoti haqidagi mulohazalar» (1818) nomli asarida tillarni 3 tipga bo`ladi: a) flektiv; 2) agglyutinativ va 3) amorf tillar. V.Gumboldt esa bu qatorga polisintetik tillar guruhini ham qo`shadi. Avgust Shleyxer mana shu faktlarga asoslanib, dunyo tillarini 3 tipga ajratadi: o`zakli yoki ajratuvchi (ruscha: kornevo’e, izoliruyuhie), agglyutinativ va flektiv.
Tillarning morfologik klassifikatsiyasi masalasi bilan G.Shteyntal (1821-1889), N.Fink, Moskva tilshunoslik maktabining asoschisi F.Fortunatov ham shug`ullangan (1848-1914). Xullas, dunyodagi barcha tillar morfologik tasnif, so`z strukturasi bo`yicha 4 tipga ajratiladi:


  1. Download 0.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling