Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet52/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

O`zakli yoki ajratuvchi tillar.

Bu tip tillar qo`shimchali tillarga zid qo`yiladi, chunki bunda grammatik munosabat ifodalovchi affikslar bo`lmaydi. Grammatik ma’nolar yordamchi so`zlar, so`z tartibi, intonatsiya, urg`u (ularning musiqaviyligi kuchli) yordamida yuzaga chiqadi. Xitoy, birma, tay, tibet va boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kiradi.
Xitoy tili o`zakli (ajratuvchi) tillarning tipik vakili hisoblanadi. Bunda analitik strukturali so`zlarda suffiks o`rnida mustaqil so`z, morfema qo`llaniladi. Masalan, (gunjen - ishchi) ish Q odam strukurali; nuyjen – ayol. Bunday polusuffikslar talaygina: sza, ish, sin, xau. Sza (sze, za): fansza-uy, chjozsa-stol, itsza-stul, putsza-do`kon va h.k.
Xitoy tilida so`zlarning gap bo`laklari bo`yicha guruhlanishi ham o`ziga xosdir. Otlar, gapda subyekt, obyekt, atribut, ot-kesim bo`lib kelishi mumkin, shuningdek, xitoy tili otlari predlog va posleloglar bilan mos: szay chjotsza shan-stolda, szay Moseke-Moskvada, utsza li-ko`chada. Otlar turlanmaydi, rod va son shakliga ega emas. Xitoy tilidagi fe’llar esa bog`lamasiz ham kesimga aylanishi mumkin: Ma paoOt yuguryapti; Ta kan bao – U gazeta o`qiyapti; Vo chi – Yeyapman.
Xitoy tilida so`zlar ko`p ma’noli va polifunksional (bir necha vazifalarda). Masalan, xao so`zi turli so`z birikmalari va kontekstlarda turli xil ma’no anglatadi: xao jen – yaxshi odam, si xao – yaxshilik qilish, dzio xao – qadimgi do`stlik, xao vo – Bu kishi meni yaxshi ko`radi. Ajratuvchili – analitik tillarda ton va urg`u asosiy rol o`ynaydi: tovushning pasayishi va ko`tarilishi hatto fe’l zamonlarini ham ifodalaydi. Bu tillarni – amorf deb atash ham mavjud (amorf-grekcha amorphos – «shaklsiz» demakdir). O`zakli tillarning o`ziga xos, ajratuvchi tillar morfologiyasi bu tillarda affiksli yoki flektiv formalarning yo`qligini yaqqol ko`rsatib turadi.

  1. Agglyutinativ tillar. Bu tip tillar o`zak va qo`shimchaning

erkin aloqasiga asoslanadi. Masalan, turkiy tillar, fin-ugor, mo`g`ul, dravid, bantu, yapon va b. Bundagi affikslar bir ma’nolidir: maktabimizga so`zida [-imiz] – egalik, [-ga] – jo`nalish; tatar tilida avel-ovul (bosh kel.), avelda – o`rin-payt; venger tilida haz-uy, hazbauyda, hazan – uylar, hazan ba - uylarda. Yuqorida aytib o`tganimizdek, o`zak va qo`shimchalar erkin birikadi, mexanik ravishda qo`shilaveradi, lekin o`zak bilan birikib, singib ketmaydi, balki ajralib turadi; o`zak va affikslar alohida qo`llanmaydi (misralarni qiyoslang). Turkiy tillar uchun prefiksatsiya emas, so`ng qo`shimchalar xosdir; qo`shimchalar o`ngdan chapga qarab ketma-ket qo`shilaveradi: ko`zlarimning.


  1. Download 0.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling