Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet53/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Flektiv tillar. Bunday tipga, avvalo, hind-yevropa tillari, som-

xom tillari kiradi. Agglyutinatsiyadan farqli ravishda, fleksiyada o`zakka affiks alohida, mustaqil qo`shilmaydi, balki o`zakka singib ketadi, natijada o`zak shaklini, tarkibini o`zgartiradi. Ingliz, nemis, rus va fransuz va, ayniqsa, arab tillari misolida flektiv tillarning morfologik asoslarini kuzatish mumkin: ingliz tilida begin-began, find-found, bring-brought va ko`plik formalari: goose-geese, foot-feet, tuth-tooth; nemis tilida: schreiben-schrieb, fahren-fuhr; bruder (aka-uka) – bruder, buch-bucher va h.z. Rus tilida ko`plab so`zlar fleksiya formalarida ifodalanadi: viju (videt) – videsh (vidit); fransuz tilida undosh tovushlarning almashishi sifatning rod formalarini ham o`zgartiradi:
a) grand – katta (bolshoy– muj. r.) ([d] tovushi talaffuz qilinmaydi.) b) grande – (bolshaya – jen.r.) ([d] talaffuz qilinadi.)
Flektiv tillarning tipik namoyandasi arab tilidir. Bunda o`zak-negiz faqat undosh tovushlardan iborat formula bo`lib, yangi ma’noli so`zlar unli tovushlar qo`shilishi natijasida hosil bo`ladi: HBB – hubub (sevmoq) – uhbub-sev; mahbub-oshiq, sevimli; mahbuba-ma’shuqa, sevimli ayol; muhabbat-ishq, sevgi; habib, habiba-sevimli, sevgili; KTB-kataba-yozdi, katib-kotib, yozuvchi, kitab-kitob, akteb-yozmoq, maktab-idora yoki maktab-makaatib-idoralar, maktub-xat, noma, yozilgan narsa.
Flektiv tillarda agglyutinativ tillardan ajralib turadigan yana bir morfologik jihat-qo`shimchalarning ko`p ma’noli va polifunksionalligidir. Rus tilida: videl so`zidagi [-el] qo`shimchasi zamon (o`tgan), son (birlik), shaxs (I), mayl, rod ma’nolarini ifodalaydi.

  1. Polisintetik tillar. Amerika hindulari, chukot, koryak

va boshqa tillar. Bu tillarning asosiy morfologik xususiyatlari – ega, aniqlovchi, to`ldiruvchi va holni ifodalab kelgan so`zlar fe’l bilan birikib, murakkab tarkibli qo`shma so`z formasiga o`xshash gap hosil qilishidir. Bunda gap boshida ega, oxirida kesim, to`ldiruvchi, hol, aniqlovchilar esa ega bilan kesimning o`rtasida keladi. Masalan, chukot tilida te-ata-kaa-nme-rkein – Men semiz bug`ularni o`ldiryapman.
Tillarning tipologik xarakteristikasida yana analitik va sintetik tuzumdagi tillar farqlanadi.
Analitik 1 – grammatik munosabatlar qo`shimchalar orqali emas, analitik vositalar (so`z tartibi, bog`lovchi, ko`makchi) yordamida ifodalanadi. Masalan, ingliz, fransuz, fors tillari. Roman tillari, daniya tili, yangi grek tili (va boshqalar) ham kiradi.
Sintetik 2 – grammatik ma’no qo`shimchalar orqali ifodalanadi. Qadimgi hind-yevropa, hozirgi litva, nemis, slovyan va turkiy tillar shu siraga kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, tillar sof analitik yoki sof sintetik bo`lmaydi. Analitik tilda sintetik vositalar, sintetik tizimdagi tillarda analitik unsurlar uchraydi. Masalan, o`zbek tilida: Kitobni ukamga oldim (sint.). Kitobni ukam uchun oldim (anal.). Sintetik til bo`lmish rus tilida ham budu jdat, budem jdat kabi (yordamchi fe’l) analitik hodisalar mavjud.
Xullas, hozirgi kunga qadar tilshunoslikda tillarni tasniflash va sistematizatsiyalashning mana shunday tip va guruhlari, prinsip va metodlari mavjud bo`lb, dunyo bo`ylab tillarni farqlash va o`rganish, ularni qon-qarindoshlik (geneologik), hudud (areal), vazifaviy va morfologik, struktur xususiyatlariga ko`ra anglash imkonini beradi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling