Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.78 Mb.
bet54/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Tillarni tasniflashning ahamiyati nimada?

  2. Tillar qarindoshligi va asos til deganda nimani tushunasiz?

  3. A.Shleyxer qarashlarini sharhlab bering.

  4. Morfologik klassifikatsiya asoslari haqida tushuncha bering.

  5. Agglyutinativ va flektiv tillarning o`zaro zid jihatlarini tasniflang.

  6. Amorf til nima?

  7. Xitoy tili misolida o`zakli tillar tabiatini tahlil qiling.

  8. Analitik va sintetik tillarni ajratish nimaga asoslanadi?

3) Hind – yevropa tillari oilasi
Reja:
1.Hind – yevropa tillarining o`rganilish tarixidan.
2.Hind – yevropa tillarining qarindoshlik aloqalari.
3.Hind – yevropa tillarining tipologik xususiyatlari.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Hind – yevropa tillari oilasi, bu oilani o`rganish tarixidan, ovrupashunoslar va ularning tadqiqot manbalari, metodlari, hind – yevropa tillarining qarindoshligi, hind – yevropa tillari oilasining guruhlanishi, eng yirik guruh, eng yirik (so`zlashuvchilar va jahondagi o`rniga ko`ra) tillar, hind – yevropa tillarining ichki (lisoniy) xususiyatlari, hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida.

Genealogik tasnif asosida, tillarni qiyosiy-tarixiy metod orqali organish, avvalo, hind – yevropa tillari materiallarida ishlab chiqilgan edi. Bunda XIX asrning birinchi yarmida nemis filologi F.Bonn (1791-1867), rus tilshunosi A.X.Vostokov (1781-1864), nemis olimi A.Shleyxer (1821-1868),fransuz tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind – yevropashunoslikka asos soldilar. Bundan keyin som-xom, fin-ugor, turkiy, kavkaz tillari oilasi tasniflandi.


Fransuz gumanisti Gvilyelm Postellus (1510-1581) ozining “Tillarning qarndoshligi haqida”, gollandiyalik olim Iosif Skaliger (1540-1609) esa “Yevropaliklarning tillari haqida mulohazalar” nomli tadqiqotlarida yevropa tillari doirasida 11ta “ona til”larni ko`rsatadilar. 4 ta “katta”: grek, latin (roman tillari bilan), tevton (german), slavyan hamda 7ta “kichik”: alban (epirot), irland, kimrcha (britt), tatar, fincha, venger va bass tillari. Tilshunoslar qadimgi hind (sanskrit) tilini ilmiy o`rgana boshlaydilar. Sanskrit tilini o`rganish esa qiyosiy -tarixiy tilshunoslikning shakllanshiga katta ijobiy ta’sir ko`rsatdi. 1786-yilda ingliz sharqshunos olimi Vilyam Djounz (1746-1794) Kalkuttada qilgan imiy ma’ruzasida sanskrit tilining grek, latin, kelt, got va qadimgi fors tillari bilan qarindosh ekanligini ko`rsatib berdi. Sanskrit tilini “klassik tillar ”ga qiyoslab , bu tillarda faqat o`zaklarninggina emas, balki grammatik (forma) shakllarning ham o`xshash, bog`liq ekanligini va bu o`xshashliklarning tasodifiy emasligini, bular hind – yevropa tillari orasida qarindoshlik munosabati borligini ko`rsatadi, deya mulohaza yuritdi.
Frans Bopp (1791-1867) esa xuddi shu yonalishda, ya’ni sanskrit tili va ko`pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda “Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash” nomli asarini e’lon qildi va bu asarda mazkur tillardagi tuslanishning o`xshashligini, bu tillarning bir manbadan kelib chiqqanligini ko`rsatib o`tdi.Olim o`zining III tomli “Sanskrit , hind, arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi” nomli asarida (1833-1852) hind – yevropa tillarida fleksiyaning kelib chiqish tarixini o`rganib, tilshunoslikda “agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi.
Hind – yevropa tillari oilasini o`rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar ham katta xizmat ko`rsatishgan. Xususan, Rasmus Rask (1787-1832) o`zining “Qadimgi island tili va island tilining paydo bo`lishi” (1814) nomli asarida tillarning qarindoshligi so`zlarning o`xshashligiga emas, balki grammatik formalarning o`xshashligiga asoslanishi kerakligini qayd qilgan. Yakob Grimm (nemis olimi) (1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar davomida to`rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida german tillari va boshqa hind – yevropa tillariga xos bo`lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan bo`lib, german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini isbotlaydi.
Slovyan va roman tillarini tadqiq etish borasida M.V.Lomonosov (1711-1765) ham izlanishlar olib borgan. Uning “Rossiya grammatikasi” (1755), “Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda qadimgi dialektlar haqida” (tugallanmagan) asarlari ma’lum.
1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o`zining “Slovyan tili haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik aloqalarini asoslab berdi. Quyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, hind-yevropa tillari oilasi haqida gapirganda buyuk olim Avgust Shleyxerning naturalistik qarashlariga to`xtalmasdan bo`lmaydi. Shleyxerning “Sravnitelno – lingvisticheskoe isledovanie” (1848-1850), «Nemetskiy yazo’k» (1859), «Kompendiy sravnitelnoy grammatiki indoevropeyskix yazo’kov» (1861-1862) kabi asarlarida uning eng asosiy g`oyalari o`z aksini topgan. Olimning tilga “jonli organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug`ilish, rivojlanish va o`lish” (inqiroz) hodisalari aynan til misolida yaqqol ko`rinishini e’tirof etish, tillar shajarasi va bobo til masalalarini tadqiq etish faoliyatining naturalistik tafakkuri asosini tashkil qilar edi.
A. Shleyxerning fikricha, dunyo tillarining barchasi uchun umumiy bobo tilni o`rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo tillar bor bo`lgan. Chunonchi, tillarning ko`pgina qismi yo`qolgan va yo`qolayotgan bir paytda, bizga ma’lum bo`lmagan juda ko`p tillar bo`lganligini va shunga yarasha ko`plab bobo tillar bo`lganligini tasavvur qilish mumkin. “Hayvon va jonzotlarga xos yashash uchun kurash” qonunini tilga tadbiq etib, shunday xulosaga keladi. “Insoniyatning hozirgi davrida “yashash uchun kurash”da hind-german tillari g`oliblik qilmoqda, ularning yoyilishi hanuz davom etmoqda, boshqa ko`plab tillar ular tomonidan siqib chiqarilgan”.1 Tillar tasnifi masalasiga keladigan bo`lsak, Vilgelm fon Gumboldt nazariyasidan (tillarni 4 tipga bo`lish ) farqli ravishda, u Avgust Shlegel g`oyasiga qo`shiladi, tillarni 3 turga bo`ladi.
1. Tarkibli (odnoslojno’e), agglyutinativ va flektiv. U buni yer yuzidagi taraqqiyot bosqichlari bilan uyg`unlashtiradi; xitoy, kxasi, birma, namakva tillari arxaik ko`rinishlar, turk-tatar, mo`g`ul, fin, venger, dravid, tibet tillari o`tuvchi, oraliq tillar, semit va hind – yevropa tillari – eng rivojlangan tillardir.

2.Hind-yevropa tillari eng keng tarqalgan yirik oiladir. Hozirgi hind – yevropa tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko`ra 10 guruhga ajratiladi: hind,eron, roman, german, slovyan, grek, kelt, arman, boltiq, alban.


1.Hind guruhi. 24 tildan iborat. 676 million kishi so`zlashadi. Bu 33,7 % ni tashkil qiladi.
2.Roman guruhi, 10ta til. 522 million kishi so`zlashadi. 26,0%
3.German guruhi, 10ta til. 421 million kishi so`zlashadi.21,0%
4.Slovyan guruhi, 11ta til. 282 million kishi so`zlashadi. 14,1%
5.Eron guruhi, 31ta til. 68 million kishi so`zlashadi. 3,4%
6.Grek guruhi, 1ta til. 11,7 million kishi so`zlashadi. 0,6%
7.Kelt guruhi, 4ta til. 9,4 million kishi so`zlashadi. 0,5%
8. Arman guruhi, 1ta til. 6 million kishi so`zlashadi. 0,3%
9. Boltiq guruhi, 2ta til. 4,7 million kishi so`zlashadi. 0,2%
10.Alban guruhi, 1 ta til. 4,5 million kishi so`zlashadi. 0,2%
Demak, hind – yevropa tillari jami 95 tildan hamda 2005,3 million so`zlovchidan iborat oiladir. Bu tillarning barchasini umumlashtirib turuvchi tipologik xususiyat bor: ularning hammasi flektiv tipga mansub.
Hind – yevropa tillarining genealogik tasnifi quyidagicha:
Hind guruhi:
1). Hind (Hindiston), 150 million, 2 adabiy shakli bor: urdu hamda hind;
2). Bengal, 60 million, Ganga daryosi va Bengal qo`ltig`i tomonlari;
3). Bixori, 30 million, Hindistonning shimoliy-sharqi;
4). Maratxi, 20 million, G`arbiy Hindiston;
5). Panjob, 20 millionga yaqin, Shimoliy Hindiston;
6). Rajastoni, 15 million, Hindistonning shimoliy g`arbi;
7). Bujarat, 13 million, Hindistonning g`arbi;
8). Uriya, 10 million, Sharqiy Hindiston;
9). Sindxi – Hind daryosi vodiysi va b. yangi hind tillari;
10). Sigan (lo`li) – Ispaniya, Vengriya, Chexiya, Ruminiya, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Osiyoda V-X asrlarda migratsiya yo`li bilan tarqalgan elatlar tili;
11). O`lik tillar (veda tili)-sanskrit: veda tili, pali, prokrit.
2. Eron guruhi.
1). Forsiy, 15 million, Eronning davlat tili;
2). Afg`on (pushtu) – Afgonistonning milliy adabiy tili;
3). Baluchi (beludja) – Baluchiston tili;
4). Kurd – shimoliy – g`arbiy Eron, Iroq, Turkiya chegaralari va Armanistonda yashovchi kurdlar tili;
5). Tojik, 1 million, Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston;
6). Osetin, 266 ming, shevalari; iron (shim. Oseteya) va digorga (jan. Osetiya) kavkaz tillarining ba’zi belgilari bor;
7). Tolish, 80 ming, Ozarbayjon;
8). Tog`, Ozarbayjon, janubiy Dog`iston;
9 ). Rushan, 7, 1 ming
10). Shug`non, 12 ming Badaxshon tog`lari;
11). Yag`nob, 1 ming, o`sha yerda va boshqa pomir shevalari.
O`lik tillar: qadimgi fors, avesto, pahlaviy, skif, so`g`d, xorazmiy, sak tillari.
3.Slovyan guruhi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling