nemis tilida
|
ingliz tilida
|
rus tilida
|
o`zbek tilida
|
Der Lehrer commt
Ich kammt
|
The teacher came
I came
|
Uchitel prishyol
Ya prishyol
|
O`qituvchi keldi
Keldim
|
Ko`rinadiki, hind – yevropa tillaridagi kelmoq fe’li o`zbek tilidagi(fe’l) kesim kabi zamon, shaxs –son, mayl va bo`lishli bo`lishsizlikni birdaniga ifodalay olmaydi, balki barcha shaxslar uchun bir, o`zgarmasdir.
Ya prishla I came we came
To’ prishla You came You came
Ona prishla She-He came They came
Hind – yevropa tillaridan tashkil topgan bu yirik oilaning eng xarakterli tipologik xususiyatlari shulardan iboratdir.
Tillarning o`zaro qarindoshlik aloqalari va lisoniy xususiyatlari, tipologik belgilari tilshunoslikning muhim masalalaridandir. Xuddi shuningdek, eng yirik til oilasi bo`lishi hind – yevropa tillarini qiyosiy tarixiy (hamda qiyosiy-tipologik) metod asosida tadqiq etish ko`pgina jahon tillarini bir genetik uya zamirida tekshirish imkonini beradi. Hind – yevropa tillari tarkibiga rus, ukrain, belorus, chex, polyak, bulg`or, nemis, ingliz, golland, shved, norveg, fransuz, ispan, italyan, portugal va forsiy tillar kiradi. Bu tillarning barchasi o`zaro, qarindosh. Avgust Shleyxer ta’biri bilan aytganda “barcha hind – yevropa tillari bir” “bobo til” asosida vujudga kelgan”.1
Flektiv grammaik usul xos bo`lgan tillarning ham eng ko`p qismini hind – yevropa tillari tashkil qiladi. Shuningdek, analitik tizimdagi ko`pchilik yevropa tillarida sintetik unsurlar ham kuzatiladi yoki sintetik belgilar xarakterli bo`lgan til (masalan, rus tili) analitik vositalardan ham foydalanadi. Umuman olganda, hind – yevropa tillari oilasi juda boy va keng imkoniyatlarga ega, eng rivojlangan lisoniy xususiyatlarni umumlashtirgan va, nihoyat, jahondagi eng yirik, eng salmoqli xalqaro aloqa tillari (rus, ingliz, nemis, fransuz, italyan…)ga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |