Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti


III. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish


Download 3.6 Mb.
bet25/58
Sana10.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1763322
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
portal.guldu.uz-maktabgacha ta`limni tashkil etish boshqarish

III. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
8. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo`ladi.
9. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim mazmuni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Muassasa o`z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
10. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo`lishi muassasa ustavida hamda muassasa rahbari (yoxud muassis) bilan ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar o`rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
11. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarni o`qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
12. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko`rsatish shtatdagi yoki sog`liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-’rofilaktika tadbirlari o`tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko`rikdan o`tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
13. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiyot, sanitariya-gigiena normalari va talablari asosida amalga oshiriladi.
14. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi ta`limning uzluksizligini ta`minlash maqsadida shartnoma asosida o`z faoliyatini umumiy o`rta ta`lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling