Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti


Ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish


Download 3.6 Mb.
bet54/58
Sana10.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1763322
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
portal.guldu.uz-maktabgacha ta`limni tashkil etish boshqarish

Ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish.


Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o’rganish, barcha ilgor tajribalarini analiz qilish va praktikaga joriy etish bolalar bog’chasi metodik ishining asosi bo’lishi kerak.
Tajribani o’rganish va umumlashtirish gruppalardagi tarbiyaviy ishlar holatini sistemali tarzda analiz qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o’rganishning asosiy yo’llaridan biri gruppalarga planli tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda rejim momentlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-harakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Katta tarbiyachining kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi.
Pedagogik kabinetining ishi.
Bolalar bogchasidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetidir. Pedagogik jarayoni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini oshirish va mustaqil o’qishlarini tashkil qilishda tarbiyachilarga amaliy yordam ko’rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir.
Pedagogika kabineti bolalar muassasasi an’analari jamg’ariladigan joydir. Metodistning vazifasi– jamg’arilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish, tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo’llashga o’rgatishdir.
Pedagogika kabinetida to’g’ri yo’lga qo’yilgan ish barcha xodimlarning metodik tayyorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi.
Pedagogika kabinetining asosiy vazifasi bolalar bog’chasi tarbiyachilariga metodik yordam ko’rsatish, ularning goyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyalarining, pedagogik mahoratlarining ishi uchun sharoit yaratishdir. Bolalar bogchasidagi pedagogika kabineti, shuningdek, ilgor pedagogik tajriba to’planadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang’ich markaz hamdir. Kabinetning muhim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o’z mehnatlarini ilmiy asosda tashkil qilishlarida yordam ko’rsatishdir.
Pedagogika kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun metodist kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar quyishi, uni sistemalashtirish va puxta o’ylab chiqishi kerak.
Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani propaganda qilish va yoyish maqsadida «axborot xizmati» uyushtiriladi. Axborot xizmati xilma-xil axborot byulletenlari, bolalar ta’limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo’yicha «axborot kunlari», yangi kitoblar annotatsiyasi xavolasi bilan «Metodik adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, praktika», «Metodik burchak» stendlari va hokazolar bo’lishi mumkin.
Bolalar bog’chasi xodimlarning nutq madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida kabinetda hammaga zarur kitoblar o’rin oladi.
Pedagogik kabinetning butun ishi u bolalar bog’chasi metodik ishining markaziga aylanadigan qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet xizmatidan foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishni o’rganish kerak. Bu sezilarli darajada bolalar bog’chasi metodistining mahoratiga, tashkilotchilik qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi.
Katta tarbiyachi kabinetining ishlash soatlarini aniqlashi, tarbiyachilarga o’z vaqtida yordam ko’rsatish maqsadida unda navbatchilikni uyushtirish kerak. Bu masalani hal qilishda bolalar bog’chasining mudiri faol ishtirok etadi.
Nazorat savollar

  1. Katta – tarbiyachining vazifasi, huquqi va unga qo’yilgan talablar qanday?

  2. Katta – tarbiyachining ta’lim – tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarligini izohlab bering?

  3. Pedagogik kengash – ishini tashkil etishdagi roli nimalardan iborat?

  1. Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va nazorat qilishdan maqsad nima?


Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling