Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donlarning to`rtta defektlik darajasi mavjud . B i r i n c h i
- I k k i n ch i
- U ch i n ch i
- Ishlash tartibi
Asbob va uskunalar: Taqsimlovchi doimiy magnit,texnik taroz, o`lchov
setkasi; lupa;donlardan namunalari. Asosiy tushuncha Qabul qilishda, saqlashda, uzatishda donlar sifatining organoleptik belgilari, xidi va boshqa ko`rsatkichlari ularning tozalik xolatini belgilaydi. O`z navbatida donlarning tozalik xolati ularning defektlik darajasi bilan chambarchas bog`liqdir. Donlarning to`rtta defektlik darajasi mavjud . B i r i n c h i defektlik darajasi solod (maysa) xidi bilan baxolanadi. Tinch xolatdan chiqqan donlarda kuchli fiziologik va mikrobiologik jarayonlar kechadi, natijada yetarli ishlov berilmasa, ular saqlashga chidamsiz, biroq oziq- ovqat maxsuloti sifatida ishlatishga yaroqli bo`ladi. I k k i n ch i defektlik darajasi don turkumining mog`orli dimiqqan xidi bilan baholanadi. Xidning jadallashuvi esa ularga mog`orli zamburug`larning ta`sir darajasi bilan aniqlanadi. Donlarning mag`zi va kurtaklari mog`orli zamburug`lar bilan zararlangan bo`lmasa, ularga yetarli ishlov berish natijasida oziq-ovqat maqsadida ishlatish uchun yaroqli xolatga keltirish mumkin. U ch i n ch i defektlik darajasi chirigan-dimiqqan hid bilan baholanadi. Chuqurlashib boruvchi jarayonlar zamburug`lar ta`siri ostida oqsil va yog`larning parch lanishi yoki bakteriozlarning kuchli rivojlanishi oqibatida yuzaga keladi. T o ` r t i n c h i defektlik darajasi o`z-o`zidan qizishning rivojlanishi oqibatida qobikning qo`ngir-qora ranggacha o`zgarishi bilan faxrlanadi. Bunday donlar faqat texnik maqsadlarda qo`llaniladi. Ishlash tartibi: Arbitrajli baholash jarayonida, shuningdek donlarning defektlik darajasini xarakterlash uchun organoleptik anliqiklar shubha tug`dirsa, quyidagi qo`shimcha ko`rsatkichlar e`tiborga olinadi: birinchi defektlik darajasida ammiakning miqdori 5 dan 15 mg % gacha bo`ladi; solod xidli donlar tarkibida unib chiqqan donlar miqdori 60 3% gacha mavjud bo`lsa, bu hidni shamollatish va quritish yo`li bilan yo`qotib bo`lmaydi. Agar unib chiqqan donlar miqdori 3% dan yuqori bo`lsa, ammiakning miqdori 22 mg % gacha ruxsat beriladi; ikkinchi defektlik darajasida ammiakning miqdori 15 dan — 40 mg % gacha bo`ladi; tarkibidagi unib chiqqan donlar miqdori 3 % gacha bo`lib, don mog`orli dimiqqan xidga ega bo`ladi. Agar unib chiqqan donlar miqdori 3% dan oshsa, ammiakning miqdori 22 dan 40 mg % gacha bo`ladi; uchinchi defektlik darajasida ammiakning miqdori 40 dan 100 mg % gacha bo`lib, donlar chirigan-dimiqqan hidga ega bo`ladi; to`rtinchi defektlik darajasida ammiakning miqdori 40 dan yuqori va 100 mg % gacha bo`ladi; donlar chirigan hidni namoyon qilib, qobik va mag`izlar qorayadi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling