Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Ishning maqsadi: talabalarni don partiyalarini saqlashda belgilangan
namlik me`yori bilan tanishtirish. Ularga saqlash va qayta ishlash uchun qabul qilinadigan donlarning namligini aniqlashni o`rgatish. Asbob uskunalar: temir byukslar, texnik tarozilar, laboratoriya tegirmonchasi, elektr quritish javoni, elektr nam o`lchagichlar, zich yopiladigan qopqoqli shisha bonkalar, qoshiqcha yoki shpatellar, nam o`lchagichga o`tkazuvchi hisob jadvallari, don namunalari. Ishni bajarish tartibi: don namligi deb, uning tarkibidagi, olin-gan namuna og`irligiga nisbatan foizda ifodalangan erkin yoki bog`langan gigroskopik suv miqdoriga aytiladi. Dondagi suv miqdori uning asosiy sifat ko`rsatkichi hamda uni saqlash chidamliligini belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi. Dondagi ortiqcha suv nafas olish jarayonini tezlashtirib, uyumda mikroorganizmlar hamda ombor zararkunandalarining rivojlanishiga imkon yaratadi. Don quyi harorat ta`sirida mumkin qadar o`zining unishini yo`qotadi va ekish uchun yaroqsiz bo`lib qoladi. Donda ortiqcha (15,5-16 foizdan yuqori) namlik qayta ishlashda ham birikadi. Bunday don yomon yanchiladi, shuningdek bunda tegir-monning unumdorligi pasayadi. Donning saqlashga chidamliligi, uni standart talablariga javob berishini belgilaydigan don namligining 4 holati ma`lum: quruq, yarim 28 quruq, nam va ho`l. Bug`doy, javdar, arpa, grechixa va sholi quyidagi ko`rsatkichlar bilan ta`riflanadi: quruq – namlik 14 foizgacha, o`rtacha quruq – 14-15,5 foizgacha, nam – 15,5 foizdan 17 foizgacha va ho`l – 17 foizdan ortiq. Don namligini aniqlash usullarini ikki guruhga bo`lish mumkin: to`g`ri va boshqa yo`l bilan. Birinchi guruhga maxsus uskunalarda oldindan suv siqib chiqarilgandan keyin uni hajmini o`lchash yo`li bilan dondagi suv miqdori aniqlanadi. Shuningdek, don namligini aniqlaydigan boshqacha tartibdagi quyidagi usullar keng tarqalgan: 1. Butun yoki maydalangan don (quruq qoldig`i bo`yicha) namunalarni quritish bilan suv miqdorini aniqlash. 2. Donning elektr o`tkazuvchanligin va dielektrik o`tkirligiga qarab namligini aniqlash. Quritish usulida namlikni aniqlash uchun don namunalarini quritishda quritgich javonlarining turli sistemalari (SESh-1, SESh-2, SESh-3 va boshqa) qo`llaniladi. Elektr o`tkazuvchanligiga qarab namlikni hozirgi davrda keng qo`llanilayotgan elektr nam o`lchagichlarida amalga oshirilmoqda. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling