Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
Ishni bajarish tartibi
Kana turini o`rganish va aniqlash uchun avval ombor zararlangan don 1,5 mm teshikli elakdan o`tkaziladi. Elakdan o`tgan qo`ng`izlar lupa yoki mikroskop ostida yaxshilab tekshiriladi, so`ngra, elangan qismi taxlil taxtasining qora shishasi ustiga solib lupa yordamida kanalarning aloxida turlarini ajratib olib, nina yordamida pedmet taxtachasiga o`tkaziladi. Kanalarni efir bug`lari bilan uxlatiladi buning uchun kichkina 2 ta taxtachani olib, efirga bo`ktiriladi va kana joylashgan shishaga yaqinlashtiriladi, uxlatilgan kana mikroskopning eng kichik kattaligi (x 8) da tekshiriladi va ularning turi o`ziga xoslik belgilari bo`yicha aniqlanadi. Aniqlangan kana rasmi chizilib, ularning qisqacha ta`rifi laboratoriya ishi xisobotiga yoziladi. Boshqa turdagi qo`ng`iz, kapalaklarni o`rganish va aniqlash usuli quyidagi: Tirik xashoratlari taxlil taxtasini oq shisha tomoniga joylashtiriladi va lupa yordamida tekshiriladi. Ba`zan xashoratlarni diagnostik belgilarini aniqlash uchun ularni efirga botirilgan paxta bilan uxlatiladi va tana qismlarini ko`rib chiqiladi (boshi, oyog`i, qanotlari va boshqalar). Uxlatilgan kanalarni ignalar yordamida qog`ozga maxkamlanadi va qanotlarini yozib qaysi turga kirishini aniqlaniladi. 71 Donlarni burga-toshbaqachalar bilan shikastlanishini aniqlash Ko`pgina bug`doy etishtiruvchi davlatlar hududida qishki va bahorikor donlarga zararli toshbaqachalar, mavr burgasi, avstriya burgasi (35-rasm) eng ko`p qiron keltiradi. Har xil turlarning tanaa uzunligi 8,3 dan 13 mm gacha. Donlarga katta yoshdagi burgalar, shuningdek, ularning lichinkalari ko`p zarar keltiradi. O`simliklarni bahorgi o`sish davrida burgalar boshoqlarning yosh shoxcha va barglarini shikastlaydi. Boshoqlanishdan oldin shoxchaga sanchishlar boshoqlanishning birinchi davrida donlarda to`liq yoki qisman oqboshoqlikka va chala rivojlanishiga olib keladi. Donning yetilish davrida katta yoshli burgalar, ayniqsa ularning lichinkalari boshoqga sirg`alib chiqib, don mag`zi bilan oziqlanadi. Donning tashqi qiyofasining o`zgarishi burgalarni qaysi yetilish fazasida shikast etkazishiga bog`liq. Donni dumbul etili-shigacha shikastlantirilsa u mayda, burishgan va rangsizligicha qoladi. Dumbul yetilishi fazasida don shikastlanishida kamroq o`zgaradi: don po`stidagi sanchilgan joyning o`rtasida qora nuqtali och rangli dog`, ba`zida don sathida shunday dog` paydo bo`lib, uning chegarasida shakli buzilgan yoki burishgan, ammo sanchilish izlari-siz bo`ladi. Don qiyofasi yana ham kam darajada shikastlanishi to`liq yetilish davrida kuzatiladi. Donlarni burgalar tomonidan shikastlanishi natijasida ularning mutlaq (absolyut) og`irligi, unishi va non yopilish sifatlari yomonlashadi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling