Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Tahlil uchun namunalar tanlash va material tayyorlash
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Don shuplari va cho`mich
Tahlil uchun namunalar tanlash va material tayyorlash. Namuna dastlabki
to`plamdan bir yo`la olingan oz miqdordagi donga aytiladi. Dastavval don to`plamini sinchkovlik bilan ko`zdan kechiriladi va uning bir turligi aniqlanadi, chunki namunaga olinadigan nusxa miqdori uning bir turligi va hajm darajasiga bog`liqdir. Namuna materiali olish uchun turli sistemadagi (konus, tsilindr va qopli) shuplar va maxsus namuna olgichlar qo`llaniladi. Konusli vagon shupi 1-rasm shuplarning asosiy turi hisoblanib, idishga joylanmagan to`plamlardan namuna materiali olishda foydalaniladi. Ushbu shup konus shaklidagi stakandan, qopqoq va shtangadan tashkil topgan. Stakan hajmi 150-180 ml. Shtanganing quyi tarafi qopqoqqa mahkamlangan, yuqori tarafi vintli rezbaga ega bo`lib, unga tirsak yoki qo`shimcha shtanga buralgan bo`ladi. 1-rasm. Don shuplari va cho`mich. 1-vagon konus shuplari; 2-qop shupi; 3- silindr shup; 4-cho`mich Don namunasini aniqlashda foydalaniladigan zamonaviy shuplar Namuna materiali olish uchun konusli shupni yopiq holatda don uyumiga tushuriladi. Shtangani ko`tarishda shup qopqog`i ochiladi va stakan donga 9 to`ldiriladi. So`ngra shup olinadi va stakandagi don brezent yoki qop matosiga to`kiladi. Qop shupi qoplarga joylangan donlardan namuna qismi olishda foydalaniladi (2-rasm). Shupni ichki qismining uzunligi 20-30 sm, tutqichi 10 sm atrofida. Don chiqish darchasi diametri 1-2 sm. Shup yog`och g`ilofda saqlanadi. Tsilindrli shupda 2 latun quvurchalar bir-biriga o`rnatilgan. Ichki quvurcha kameralarga bo`lingan. Ichki, shuningdek tashqi quvurchalar ichki quvurchadagi kamera miqdoriga to`g`ri kela-digan bir taraflama darchalardan iborat. Ichki quvurcha yog`och tirsak bilan tugaydi. Uning yordamida quvurcha aylantirib turiladi. Namuna materiali olishda shup yopiq holatida don xirmoniga tu- shiriladi. So`ngra tirsak yordami-da ichki quvurchaning teshiklari tashqi quvurcha darchalari bilan to`g`ri kelgunicha aylantiriladi. Shup don bilan to`lganidan so`ng tirsak qarshi tomonga buriladi va darchalar berkiladi. Keyin shup olinadi va undagi don oldindan tayyorlab qo`yilgan qop matosi yoki brezentga to`kiladi. Tsilindr shu-pining qulayligi shundaki, uni qo`llash paytida bir vaqtning o`zida xirmonning bir necha qatlamida namuna qismlarini olish mumkin, ammo bu kameralarni berkitishda donlarni kesilish hollari yuz beradi, bu esa o`z yo`lida namunada uringan donlar foizning ko`payishiga sabab bo`ladi. Konus shuplari yordamida namuna qismi olishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: namuna qismi avval yuqori qatlamdan, so`ng o`rtagi va eng keyingi navbatda quyidagi qatlamdan olinadi. Avtomshinadan donning namuna qismi kuzovning to`rt nuqtasidan olinadi, buning ustiga olinish nuqtalari kuzov chekkasidan 0,5 metr uzoqlikda bo`lishi shart. Namuna qismlarini yoxud yuqori qatlam va kuzov sathiga yaqin erdan, yoxud xirmonning butun chuqurligidan (shupning tuzilishiga qarab) olinadi. Namuna qismlarining umumiy og`irligi 1 kg dan kam bo`lmasligi kerak. Namuna qismlarini erkin olish imkonini beradigan vagon-larda don ortiladi, ikki o`qli vagonlardan ularni shup bilan 5 nuqtasidan: 4 burchagidan (50-75 sm 10 masofada) va vagonning o`rtasidan (A chizma) olinadi. Xar bir nuqtada qismlari xirmonning uch qatlamida: yuqori qatlamida 10 smgacha chuqurlikda, o`rtagi qatlamda xirmonning taxminan yarmiga yakin chuqurlikda va vagon sathidan olinadi. To`rt o`qli vagonlarda namuna qismlari don xirmoni usti-dan 11 nuqtada, ya`ni vagonning yon devorlaridan (4 nuqtadan) va 3 nuqtada vagon o`rtasidan, shuningdek, uch qatlamda olinadi (B chizma.) Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling