Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
NAZORAT SAVOLLAR. 1. Donning asosiy sifat ko`rsatkichlariga nimalar kiradi? 2. Don sifati organoleptik usulda qanday aniqlanadi. 3. Donning ranggi, hidi va ta`mi qanday bo`lishi kerak. 4. Nima uchun hid sog`lom donda ham aniqlanadi? 5. Butun va maydalangan donlarning sifat ko`rsatkichlarini organoleptik baholashning qanday o`ziga xos xususiyatlari mavjud? 25 3-LABORATORIYA ISHI MAVZU:DON NAMLIGINI ANIQLASH Asosiy tushuncha: Don masasining namligi. Don qanchalik yuqori namlikka ega bo`lsa, u shunchalik jadal nafas oladi. Juda quruq donlarning – bug`doy, javdar, arpa, suli, makkajo`xori va dukkakli o`simliklarning (namligi 11-12 % gacha) nafas olish jadalligi - juda kichik va amalda nolga teng. Juda nam (namligi 25-30 % va undan ko`proq) don sovutilmagan holatda havo erkin tegib turganda bir sutkada 0,05-0,2 % quruq moddalar massasini yo`qotadi. Donda, xuddi boshqa organizmdagi singari, namlik moddalar almashinish reaktsiyasini borishi uchun muhit hisoblanadi. Agar namlik miqdori katta bo`lmasa, u bog`langan holatda bo`ladi: uni oqsil va kraxmal mustahkam ushlab turadi. Bu namlik hujayradan-hujayraga ko`chmaydi va moddalar almashinish reaktsiyasida deyarli qatnashmaydi. Namlikning oshib borishi bilan don hujayralarida erkin namlik, ya`ni kraxmal va oqsil tomonidan bo`shroq ushlanadigan yoki ushlanmaydigan namlik hosil bo`ladi. U gidrolitik xarakterli reaktsiyalarda (kraxmalni qandga, murakkab oqsillarni oddiyrog`iga aylanishida, yog`larni glitserin va yog` kislotalariga parchalanishida va shularga o`xshashlarda), hujayralardagi moddalar almashish reaktsiyalarida qatnashadi va hujayradan hujayraga ko`chishi mumkin. Donda erkin namlikning paydo bo`lishi bilan birga gidrolitik va nafas olishda qatnashadigan fermentlar miqdori, donning nafas olish jadalligi, quruq moddalar sarfi yaqqol oshadi. Misol uchun M.V. Berdienkoning bug`doy doni bo`yicha olgan ma`lumotlarini keltiramiz. Namligi 13,5 % bo`lgan don bir oy saqlanganda quruq moddalarni 0,06 % miqdorda, namlik 18 % bo`lganda– 0,50 % yo`qotgan. Don va urug`larda erkin namlik paydo kildiradigan va nafas olish jadalligini keskin oshiradigan namlik kritik namlik deyiladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling