Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-16861
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushuncha
NAZORAT SAVOLLARI
1.Birinchi deffektlik natijasida donning holati? 2.Ikkinchi deffektlik natijasida donning holati? 3. Uchunchi deffektlik natijasida donning holati? 4.To`rtinchi deffektlik natijasida donning holati? 10-LABORATORIYA ISHI MAVZU:DON MASSASINING TABIIY QIYALIK VA ISHQALANISH BURCHAGINI ANIQLASH Ishdan maqsad: Don massasining tabiiy qiyaligini aniqlashning ba`zi bir usullari bilan tanishish. Don massasining sochiluvchanligiga xar xil omillarning ta`sirini o`rganish. Asosiy tushuncha Don massasi turli komponentlarning yig`indisidan, shuningdek asosiy ekinlarning donlaridan, aralashmalardan, mikroorganizmlardan, donlar orsidagi havodan, xashoratlar va kanalardan tashkil topgan. 61 Don massasi o`zida turli komponentlar (don, aralashmalar) ni saqlaydi, bu esa donning oquvchanligiga ta`sir ko`rsatmaydi. Oquvchanlik tufayli don massasi noriyalarda, transportyorlarda va boshqa mashinalarda oson harakat qiladi. Shuningdek, donlarni bunkerlarga, siloslarga joylashtirishda va o`zi oqizar quvurlar yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyati as qotadi. Don massasining oquvchanligini e`tiborga olgan xolda quvurlarning minimal qiyalik burchagi hamda elevatorlarda, un yorma va omixta em ishlab chiqarish zavodlarida bunker va siloslarning xaqiqiy xajmlari aniqlanadi. Saqlash jarayonida don massasining oquvchanligi kamayadi. Oquvchanlik ko`rsatkichi donning ishqalanish va tabiiy qiyalik burchaklari bilan baholanadi. Tabiiy qiyalik burchagi deb don massasining gorizontal tekislikka tushib xosil qilgan konus asosining diametri bilan tashkil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. Ishqalanish burchagi deb, don massasining qiya yuza bo`ylab xarakatiga kela boshlangan eng kichik burchagiga aytiladi. Don massasining oquvchanlik darajasiga don massasidagi qattiq jismlarning granulametrik tarkib tabiati ta`sir ko`rsatadi. Bular don va aralashmalar yuzasining xolati, tavsifi, shakli, o`lchami, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek sirpanuvchi yuzadan materialdan va shaklidan iborat. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling