Guliston davlat universiteti sirtqi bo’lim filologiya tillarni o’qitish: O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi mustaqil ish mavzu: Barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogikaning o’rni


Download 32.29 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi32.29 Kb.
#1299052
  1   2
Bog'liq
1-mavzu Barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogikaning o’rni.


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM FILOLOGIYA TILLARNI O’QITISH: O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHI


MUSTAQIL ISH


MAVZU: Barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogikaning o’rni.
4-19 guruh talabasi
Abulnarsova Roziya Abulxayr qizi


Guliston 2022
REJA:

  1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida.

  2. Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari

  3. Pedagogikaning obyekti, predmeti maqsadi va vazifalari.

  4. Pedagoglik kasbining paydo bo’lishi va demokratik jamiyatda pedagoglik kasbining o’ziga xosliklari. Sharq va G’arb mutafakkirlarining pedagoglik kasbiga doir fikrlari.

  5. Pedagogning shaxsiy va kasbiy sifatlari.


Barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogikaning o’rni. Pedagogikaning metodologik muammosi va tadqiqot metodlari.
1. Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta‘sir etishni nazarda tutadi. Shuningdek, ta‘lim sohasidagi bilimlarni, pedagogik faoliyatga aloqador qonun va qonuniyatlarni ham o’rganadi, tahlil qiladi va bevosita bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga taryorlaydi. Demak pedagogika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo’llarini o’rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko’nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o’rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin. Tarbiyalash g’oyat nozik san‘at bo’lib, unga jiddiy yondoshmoq darkor. O’z ishining mohir ustasi bo’lgan pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san‘atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir». Bu ta‘rifni yaxshi tushunib, uning ma‘no mohiyatini tahlil etadigan bo’lsak, ushbu ta‘rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo’ladi:
2. Ijtimoiy pedagogika fani bundam 200 ming yil oldin x,am mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing ilk ko‘rtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. xozirda ped.sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir. Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashqilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashqilot ishlarining ko‘lamini kengaytiradi,o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashqil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish extiyojini kondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chukur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir.Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayok bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulk atvor)1.
3. Insonni dunyoga kelishi, faqattug’ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug’ilgandan keyin o’z zamonasining taraqqiyotidarajasiga ko’tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod õziningyashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya’ni yangi tug’ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga etishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari etuk, barkamol shaxslarni etishtirish ehtiyoji hamortib borgan hamda o’zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o’qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani paydo bo’la boshladi. Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqidabilim, ma’lumot beradigan fanga aylandi. Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan, qadamba-qadam amalga oshirilayotgan “o’zbek modeli”da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat-e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bõlisa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatning asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular asosan uchta:
1. ezgu niyat, fikr:
2. ezgu so’z, xushmuomala:
3. ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.

Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko’nikmalar hosil qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi.


Pedagogika fanining predmeti, o’qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
4.Pedagoglik kasbi, lining paydo bo‘lishi va ravnaq topishi. Pedagoglik 
kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Terib-
termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib 
yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini 
kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni 
o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali kishilari yoki keksalar 
tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo'lida olib 
borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida 
ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganJar. Turli 
tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh 
qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv 
paydo bo'lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. 
Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, 
shuningdek, urug' jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli 
sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter 
kasb etishiga imkon berdi. 
Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan 
kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab 
olishga bo'lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat 
faoliyati yo'nalishida yetarlicha bilimga ega bo'lgan kishilar tomonidan berilishi 
maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini 
o'rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma'lum yo'nalishlar 
bo'yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi. 
Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo 
bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan. 
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim 
tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. 
Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. 
«Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. 
Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi 
joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil 
etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va 
Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan. 
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim 
maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular 
«pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» 
demakdir. Sharq mutafakkirlari va G'arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik 

Download 32.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling