Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana01.11.2021
Hajmi0.81 Mb.
#170149
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
sunij aralashmalar tarkibidan nikelni fotometrik aniqlash

 

 

 

 

 


18 

 

 



2.3.Nikel (II)ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks 

birikmasining optimal sharoitlarini tanlash. 

Fotokolorometrik  aniqlashlar  eritmada  analitik  shakl  to’la  hosil  bo’lishini 

va  Buger – Lambert – Ber qonunidan chetlanmaslikni yoki minimal chetlanishni  

ta’minlaydigan optimal sharoitlarda bajarilishi lozim., optimal sharoitlarni pH ning 

optimal  qiymati,  reagentning  yetarli  miqdorda  bo’lishi,  metal  ionining  yetarli 

konsentratsiyasi, analitik (fotometrik ) reaksiyaning tanlovchanligi va nur yutilishi 

uchun  pH  ning  optimal  qiymatini  tanlash    uchun  aniqlanuvchi  modda  va  reagent 

konsentratsiyalari  o’zgarmas  bo’lganida  muayyan  to’lqin  uzunligida  eritma  optik 

zichligining  pHga  bog’liqligi  o’rganilib  chiqildi.    Rangli  eritmalarda  eng  qulay 

sharoit analitik shakl bilan boshlang’ich reagentlarda yutilishlar orasidagi farq eng 

katta bo’ladigan holda mos keladi. Eng  qulay sharoitlarda nur yutilishi maksimal 

bo’lganida  pH  ning  kichik  o’zgarishlari  eritmaning  nur  yutishiga  amalda  ta’sir 

etmaydi.  Fotokolorometrik  reaksiyasi  o’rganilayotgan  eritmaning  pH  qiymati 

tegishli bufer eritmalardan yoki yetarli miqdordagi kislota  va ishqor eritmalaridan 

foydalanib  bir  me’yorda  saqlab  turiladi.  Qo’shiladigan  analitik  reagentning 

miqdori  ma’lum  konsentratsiya  oralig’ida  aniqlanuvchi  moddaning  barchasini 

analitik  shaklga  o’tkazish  uchun  yetarli  bo’lishi  kerak.  Reagentni  yana  ortiqcha 

qo’shish reaksiya maxsuloti unumini oshirmaydi va eritmaning yorug’lik yutishini 

ko’paytirmaydi. 

Fotokolorometrik 

analizda 

eritmani 

aniqlanuvchi 

konsentratsiyalarning  barcha  oralig’ida  chin  eritmaligicha  qolishi  kerak.  Agar  bu 

shart  bajarilmasa,  pastroq  konsentratsiyalar  ishlatish  yoki  qattiq  faza  hosil 

bo’lishiga xalaqit beruvchi himoyalovchi moddalardan foydalanish  lozim.  




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling