Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
sunij aralashmalar tarkibidan nikelni fotometrik aniqlash
18
2.3.Nikel (II)ionini piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleks birikmasining optimal sharoitlarini tanlash. Fotokolorometrik aniqlashlar eritmada analitik shakl to’la hosil bo’lishini va Buger – Lambert – Ber qonunidan chetlanmaslikni yoki minimal chetlanishni ta’minlaydigan optimal sharoitlarda bajarilishi lozim., optimal sharoitlarni pH ning optimal qiymati, reagentning yetarli miqdorda bo’lishi, metal ionining yetarli konsentratsiyasi, analitik (fotometrik ) reaksiyaning tanlovchanligi va nur yutilishi uchun pH ning optimal qiymatini tanlash uchun aniqlanuvchi modda va reagent konsentratsiyalari o’zgarmas bo’lganida muayyan to’lqin uzunligida eritma optik zichligining pHga bog’liqligi o’rganilib chiqildi. Rangli eritmalarda eng qulay sharoit analitik shakl bilan boshlang’ich reagentlarda yutilishlar orasidagi farq eng katta bo’ladigan holda mos keladi. Eng qulay sharoitlarda nur yutilishi maksimal bo’lganida pH ning kichik o’zgarishlari eritmaning nur yutishiga amalda ta’sir etmaydi. Fotokolorometrik reaksiyasi o’rganilayotgan eritmaning pH qiymati tegishli bufer eritmalardan yoki yetarli miqdordagi kislota va ishqor eritmalaridan foydalanib bir me’yorda saqlab turiladi. Qo’shiladigan analitik reagentning miqdori ma’lum konsentratsiya oralig’ida aniqlanuvchi moddaning barchasini analitik shaklga o’tkazish uchun yetarli bo’lishi kerak. Reagentni yana ortiqcha qo’shish reaksiya maxsuloti unumini oshirmaydi va eritmaning yorug’lik yutishini ko’paytirmaydi. Fotokolorometrik analizda eritmani aniqlanuvchi konsentratsiyalarning barcha oralig’ida chin eritmaligicha qolishi kerak. Agar bu shart bajarilmasa, pastroq konsentratsiyalar ishlatish yoki qattiq faza hosil bo’lishiga xalaqit beruvchi himoyalovchi moddalardan foydalanish lozim. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling