Guliston davlat universiteti talabasi


Download 38.42 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi38.42 Kb.
#1088236
Bog'liq
rayhona


Qishloq xo’jaligida tuproq unumdorligini oshirish maqsadida Krotalariya{Crotalaria juncia} o’simligini yetishtirish texnalogiyasi.
Guliston davlat universiteti universiteti talabasi
Nurillayeva R. .Katta o’qtuvchi Turdimetov.SH.
rayhonanurillayeva76@mail.uz.
Аннотация.Определение сроков и критериев посадки растения crotaria{crotaria juncia} в оазисе мирзахол, влияние роста растения на развитие и урожайность.
Kлючевые слова.Клубеньковые бактерии,корма,удобрения, зерно и сено.
Annotation.Determination of the planting period and Meurs of the Crotalaria{crotalaria juncia} plant in the mirzachul Oasis,the development of plant growth and its influence on yield
Keywords: nodule bacteria, fodder,fertilizer, grain and hay. : «Em-xashak uchun yetishtirilgan Srotalaria juncea ning oʼsishi, rivojlanishiga ekish muddat va meʼѐrlarini taʼsiri» deb nomlangan toʼrtinchi bobida pichan hosili uchun parvarishlangan krotalariyaning oʼsishi, rivojlanishi, pichan hosili va tarkibidagi protein miqdoriga oid maʼlumotlar keltirilgan. Krotalariya yem-xashak uchun ekilganda bir amal davri davomida 446,0-600,4 s/ga koʼk massa ѐki 133,0-173,9 s/ga gacha pichan hosili olingan boʼlib, yuqori natija olingan 22 aprel muddatida gektariga 18 kg urugʼ ekilgan 6-variantda olingan. Xuddi shu meʼѐrda 10 aprel muddatida ekilgan 3-variantga nisbatan 40,6 s/ga; 1 may muddatida ekilgan 9-variantga nisbatan 10,7 s/ga; xuddi shu muddatda gektariga 10 kg urugʼ ekilgan 4-variantga nisbatan 34,7 s/ga; gektariga 14 kg urugʼ ekilgan 5-variantga nisbatan 16,8 s/ga yuqori pichan hosili olinib, koʼchat qalinligi va pichan hosildorligi oʼrtasida (korrelyatsiya koeffitsienti r=0,915) yuqori darajada korrelyativ bogʼliqlik borligi qayd etildi (Shuningdek, dissertatsiyada krotalariya pichani tarkibidagi protein 18 miqdoriga ekish muddat va meʼѐrlarini taʼsiri oʼrganilganda oʼsimlik maqbul muddatdan erta ѐki kech ekilishi hamda ekish meʼѐrlarini oshirib borish pichan tarkibidagi proteinni kamayib borishiga olib kelib, krotalariya 20-25 aprel muddatida turli meʼѐrlarda ekilganda protein miqdori 17,78-20,23% ni tashkil etib, ekish meʼѐrlarini 10 kg dan 18 kg gacha oshib borishi bilan protein miqdori 1,92-2,45% gacha kamayib borganligi aniqlangan. Krotalariya (Srotalaria juncea) oʼsimligini barcha ekish muddatlarida ekish meʼѐrini oshirib borilishi urugʼlarni unib chiqishini 1,8-5,6 % gacha
erta taʼminlaydi. Shuning bilan birga ekish meʼѐrini 10 kg/ga dan 18 kg/ga gacha oshirib borilishi oʼsimliklarni nobud boʼlishini 0,4-0,6% gacha oshib borishiga sabab boʼladi. 2. Barcha fenologik kuzatuvlarda bir tup oʼsimlikda poya balandligini yuqori koʼrsatkichi 20-25.04 muddatida ekilganda kuzatilib, erta va kech ekilgan muddatlarga nisbatan poya balandligi 27-36 sm ga yuqori boʼldi.Turli muddatlarda ekish meʼѐrining gektariga 10 kg dan 18 kg oshirilishi ham oʼsimlik boʼyining 17-28 sm ga yuqori boʼlishiga olib kelgan boʼlsa, ѐn shoxlar soni ekish meʼѐrlari 10 kg/ga dan 18 kg/ga gacha oshishi bilan 0,7-3,1 donagacha kamayib boradi. 3. Krotalariya (Srotalaria juncea) ekini amal davri davomiyligi erta muddatda ekilganida koʼchat qalinligiga bogʼliq ravishda 188-192 kunni tashkil etib, 20-25.04 muddatida 2-3 kunga, 01-05.05 muddatida ekilganida esa 9-10 kungacha qisqarib, amal davri davomida ekish muddatlarini kechikishi va ekish meʼѐrini kamayishi bilan foydali haroratdan foydalanish miqdori ham kamayib borgan. 4. Krotalariya (Srotalaria juncea) 20-25 aprel muddatida 14 kg/ga urugʼ ekilganida 1 sentyabr holatida barglar soni 265,0 dona boʼlib, 10-15.04 muddatida ekilganga nisbatan 25,0 donaga, 01-05.05 muddatda ekilganga nisbatan 35,0 donaga, 10 kg/ga urugʼ ekilganga nisbatan 85,0 donaga,18 kg/ga ekilganga nisbatan esa 111,0 donaga koʼp barg hosil qilgan holda krotalariyani yuqori fotosintetik potentsiali 28800,0; 72336,0 sm2 /oʼs. ni tashkil etadi. 5. Bir tup oʼsimlikda barg sathi 14 kg/ga meʼѐrida ekilganda yuqori boʼlgan boʼlsa, bir gektar maydon hisobida ekish meʼѐrlari oshishi bilan koʼchat soni oshishi hisobiga barg sathi ham oshib, gektariga 18 kg meʼѐrida ekilganda amal davri davomida barg sathi maydoni gektariga 11606,4 m2 dan 69590 m2 gacha, fotosintez sof mahsuldorligi esa 11,42-12,30 g /m2 kun ga oshib boradi. 6. Krotalariya(Srotalaria juncea) amal davri davomida ildizida eng koʼp tuganak bakteriyalar toʼplanishi dukkaklash-pishish davrida kuzatilib, oʼsimlik 20-25.04 muddatida gektariga 18 kg urugʼ ekilganda 36 dona tuganak hosil qilib, bitta oʼsimlikdagi tuganaklar vazni 0,684 g ni tashkil qildi. 7. Krotalariya(Srotalaria juncea) maqbul muddat (20-25.04) va meʼѐrda (14 kg/ga) ekilganda yuqori don hosili (18 s/ga) olinib, qoʼshimcha hosil 5,9 s/gani tashkil etdi. Dukkaklar soni bilan don hosili oʼrtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti r=0,566 (R2=0,320) ga, regressiya darajasi bxy=0,496 ga, korrelyatsiya va uning xatosi orasidagi farq yaʼni, tr=1,8 ga teng boʼlib, oʼrtacha darajadagi korrelyativ bogʼliqlik borligi qayd etildi. 8. Oʼsimlikning maqbul muddatlarga nisbatan kech ѐki erta muddatlarda ekilishi hamda ekish meʼѐrlarini oshirilishi krotalariya doni tarkibidagi protein miqdorini sezilarli ravishda kamayib ketishini sabablaridan biri boʼlib, 20-25 aprel muddatida turli meʼѐrlarda ekilganda protein miqdori 32,30-33,62% ni tashkil etib, ekish meʼѐrlarini 10 k/ga dan 18 kg/ga gacha oshib borishi bilan protein miqdori 1,15 – 1,32% gacha kamayib boradi, don hosili
bilan protein oʼrtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti r=0,601 ga, uning xatolik regressiya darajasi bxy=0,2019 ga va korrelyatsiya va uning xatosi orasidagi farq yaʼni, tr=2,0 ga teng boʼlib, oʼrtacha darajada korrelyativ bogʼliqlik borligi qayd etildi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati noanʼanaviy srotalaria juncea oʼsimligidan yuqori don, pichan hosilini taʼminlaydigan maqbul ekish muddati (20-25.04) va meʼѐrini (14; 18 kg/ga) aniqlash natijasida noanʼanaviy yangi dukkakli ekinni yetishtirish texnologiyasi elementlari ishlab chiqilgan. Natijada, chorvachilikda yem-xashak sifatida yetishtirish bilan 5,6-5,9 s/ga qoʼshimcha don hosili va 173,9 s/ga pichan hosili olingani hamda ishlab
chiqarishga berilgan tavsiyalar asosida fermer xoʼjaliklarining iqtisodiy koʼrsatkichlarini oshishi bilan izohlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Download 38.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling